Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

Mo‘minning sifati – halollikdir

28.02.2018   2764   3 min.
Mo‘minning sifati – halollikdir

Viloyatlarda hech qachon yonmagan svet uchun aholidan do‘q-po‘pisa qilib pul to‘latib olib o‘sha pullarni tuya qilib ketish ko‘p yillardan beri urf bo‘lganini hamma biladi. Ammo buni qarangki, sovuq suvning to‘lov puli o‘zlashtirib ketilishi ham bor ekan. Ana, nurotalik shovvoz, oz emas, ko‘p emas, naqd 71 kishining ichimlik suvi uchun davlat g‘aznasiga to‘lagan mablag‘ini o‘zlashtirib olibdi.
«Suvoqava» davlat unitar korxonasi Nurota tumani filialining sobiq nazoratchisi E.H. tumanning Nurfaxr, Yangiobod, Eshon Sudur va Bo‘diq mahallalarida yashovchi 71 nafar fuqaroni chuv tushirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. U aholining ichimlik suvi uchun to‘langan jami 5 million 300 ming so‘mdan ziyod pulini o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgani aniqlangan.
Xizmat vazifasini suiiste’mol qilib xalqning davlat xazinasiga tushishi kerak bo‘lgan yoki davlat xazinasidan xalqqa yetib borishi zarur bo‘lgan pulni o‘zlashtirib olish adliya va bank xodimlari, soliqchilar, gazchilar, svetchilar, bojxonachilar, bozor ma’murlari, avtoturargohlarda nihoyatda ko‘p uchraydi. Hatto bunga odamlar o‘rganib ham qolgan. Ana shu joylarga ishi tushmasligini so‘rab Allohga duo qilib yuradi-yu, mabodo ishi tushib qolgudek bo‘lsa ham g‘ayriixtiyoriy ravishda cho‘ntak kavlab ularning “nasiba”sini ajrata boshlaydi. Ammo Alloh taolo Alloh taolo:


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلَّا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً عَنْ تَرَاضٍ مِنْكُمْ وَلَا تَقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا

“Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz! O‘zaro rozilik asosidagi tijorat bo‘lsa, u bundan mustasno. Shuningdek, o‘zlaringizni (bir-biringizni nohaq) o‘ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir” (Niso, 29-oyat), deb qo‘yibdi.
Modomiki, shunday ekan, xalqdan olib davlatga yetkazmagan yoki davlatdan olib xalqqa yetkazmagan odam shariat huquqshunosligi va jinoyat kodeksi bo‘yicha bir necha jinoyatni sodir etgan bo‘ladi. Ular: xizmat vazifasini suiiste’mol qilish, tovlamachilik, yolg‘onchilik, o‘g‘rilik, firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish, shu usulda davlat mulkiga chang solish va hokazolar. Ana shu sanab o‘tilganlarning bittasining o‘zi ham uning ustidan jinoiy ish ochishga asos bo‘ladi. Bunga jamiyatning ma’naviy haqqi bor. Chunki Rasul alayhissalom hadisi sharifida: “Har bir firibgarda qiyomat kunida xoinlik yorlig‘i bo‘ladi. Muslimlar u haqda: «Bu Shaytonning xoinidir», deyishadi" (Sahih al-Buxoriy), deb ularning xabarini berib qo‘yganlar. Shaytonning xoini bo‘lgan odam jazolanmasligi mumkinmi! Bundaylarni jazolamagan davlat parokandalikka yuz tutishi, jamiyatning esa boshi jabru zulmdan chiqmasligi muqarrar bo‘lib qoladi.
Dinimiz insonlarga firib bermaslikni, ularni aldamaslikni targ‘ib qiladi. O‘g‘rilik qilish, yolg‘on gapirish mo‘min-musulmonga yarashmaydi.
Mo‘minlarning sifati: halollik, samimiyat, vafodorlik, Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat kabilardir. Mo‘minlar ana shunday rahmoniy fazilatlar bilan bezansa; yolg‘onchilik va firibgarlik, o‘g‘rilik, muttahamlik kabi shaytoniy illatlar chekinadi va jamiyat poklanadi. Zotan, davlatimizda olib borilayotgan islohotlarning ham bosh maqsadi shu emasmi o‘zi!

O‘MI matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rajab - istig‘for oyi

6.01.2025   5192   2 min.
Rajab - istig‘for oyi

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig‘for aytishni ko‘paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do‘zaxdan ozodlik bor” (Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).

 

أَسْتَغْفِرُ اللهَ

O‘qilishi: “Astag‘firulloh”.

أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ

O‘qilishi: “Astag‘firulloha va atuubu ilayh”.


أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firullohallaziy laa ilaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”.

 

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

O‘qilishi: “Robbig‘fir liy va tub ’alayya innaka antat tavvaabur rohiym”.

 

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag‘firuka va atuubu ilayk”.

 

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaha illaa anta astag‘firuka va atuubu ilayk”.
 

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

O‘qilishi: “Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa’fu ’anniy”.

 

أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

O‘qilishi: “Allohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy”.

 

أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.

 

Davron NURMUHAMMAD