Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Ziyorat turizmidan avvalo xalqimiz manfaatdor bo‘ladi

28.02.2018   3061   3 min.
Ziyorat turizmidan avvalo xalqimiz manfaatdor bo‘ladi

Turizm mamlakatning qiyofasini, odamlarning turmush tarzini, muomala madaniyatini butkul o‘zgartirib yuboradigan hodisa.
Avvalo, turistlar ko‘p keladigan mamlakat gullab ketadi. Chunki sayyohlarga qulayliklar yaratish uchun ko‘plab mehmonxonalar, bog‘lar barpo etiladi, yo‘llar ta’mirlanadi, ko‘priklar solinadi. Odamlarning muomalasi o‘zgarib qarshisidagi kishi bilan ochiq chehrali tarzda muloyim gaplashishni odat qiladi Uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar ko‘rganda uyalib qolmaylik degan andeshada hamma joy top-toza qilinadi, davlatga valyuta tushumi ortadi.
Ziyorat turizmi esa, inchunun. Zero, bunda ziyorat turizmiga kelgan sayyohlar ham, ularga xizmat ko‘rsatgan mamlakatimiz aholisi ham savob oladi. O‘tgan azizlarning qarovsiz qolib ketgan qabrlari obod etiladi. O‘sha manzillarda yotgan Allohning do‘stlarini ziyorat etishga kelganlar qabr qoshida turib tilovat qilar ekan, qabristonda yotgan mo‘min-musulmonlarning haqlariga ham duo qilib, Kalomi sharifning fazilatidan jamiki qabr ahlining ruhi bahramand bo‘ladi.
Ushbu masala 22 fevral kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektorda quyidagicha ta’kidlab o‘tildi: «Yurtimizda islom dunyosida tan olingan allomalarning maqbaralari, tabarruk qadamjolar ko‘p. Masalan, turli viloyatlarda Naqshbandiya tariqatini targ‘ib qilgan 12 ulamoning qabri bor. Biz hozir ularning 8tasi, ya’ni Buxorodagi «Yetti pir» va Samarqanddagi «Xo‘ja Ahror Valiy» ziyoratgohlarini obod qilyapmiz. Lekin Surxondaryodagi Muhammad Zohid Buxoriy, Alouddin Attor va Qashqadaryodagi Muhammad Darvesh, Muhammad Inganakiy maqbaralari ta’mirga muhtoj», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimlariga ushbu qadamjolarni obodonlashtirish, ularga olib boruvchi yo‘llar holatini yaxshilash, ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Ushbu azizlarning qabrlari, qabristonning atrofi obod bo‘lishi, o‘ydum-chuqur bo‘lib yotgan yo‘llarning tekislanishi, sayyohlar uchun yaratiladigan sharoitlardan sayyohlardan ham ko‘proq mahalliy aholi foydalanadi. Sayyohlik manzillariga turniketlar, videokameralar va yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatiladi, axborot markazlari tashkil etib, ularda turistlarni qiziqtiruvchi xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Xizmatlar ko‘rsatiladi, savdolar tashkil etiladi, santitariya-gigiyena shoxobchalari ochiladi. Bu orqali davlat g‘aznasiga valyuta tushumi ko‘paytiriladi hamda aholiga o‘z-o‘zidan yangi ish o‘rinlari, daromad manbalari paydo bo‘ladi.
Demak, ziyorat turizmi mahalliy aholi uchun ham har jihatdan katta foyda keltiradi, kishilarimizning turmush sharoitini yaxshilaydi.
Yig‘ilishda ziyorat turizmi bo‘yicha mamlakatimizning salohiyati juda yuqori ekani, bu yo‘nalishda zarur qulayliklar yaratish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida Ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etilgani Malayziya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlar uchun vizasiz rejim joriy etilgani ta’kidlandi. Shuningdek, xorij davlatlardagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimizning targ‘ibotchilari bo‘lishi, bunga chet eldagi vatandoshlarimiz ham hissa qo‘shishi zarurligi ta’kidlandi. Turizm rivoji uchun zarur sharoitlar yaratishga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.
Xorijga borgan yurtdoshlarimiz yaxshi biladi: sayyohlar ko‘p boradigan davlatlardagi e’tiborli binolarga yoki shunga o‘xshash inshootlarning ko‘rinarli joyiga ushbu inshootning qachon, kim tomonidan barpo etilgani, qaysi yillarda ta’mirlangani, ta’mirlanganlik darajasi qanchalik darajada bo‘lgani yozib yirik-yirik harflarda qo‘yiladi. Bizda ham shu tajriba qo‘llanilsa, bu – sayyohlar uchun yana bir qulaylik bo‘lishi barobarida ularga yo‘lboshlovchilik qilayotganlarga ham foydasi tegardi.

O‘MI matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   4640   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari