“Rosturizm” xabarlariga ko‘ra, 2017 yilda Rossiyaga musulmon davlatlaridan deyarli 9,5 mln turist tashrif buyurgan.
Ayni paytda “Rosturizm” sayyohlik industriya vakillari bilan birgalikda “Halal Friendly” loyihasini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Mehmonxonalar, restoranlar ushbu loyiha doirasida halol taomnomani taklif etishmoqda.
“Ekspertlarning taxminiga ko‘ra, 2020 yilga kelib musulmon davlatlaridagi turistlar soni 156 million nafargacha ortadi va musulmon turizm bozori 200 milliard AQSH dollarini tashkil etadi “, – deydi “Rosturizm” rahbari Oleg Safonov.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati