Ostona shahrida ikki qavatli uyda ro‘y bergan yong‘in oqibatida uy butkul yonib ketgan. Biroq qayg‘uga ko‘milgan uy egalari ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan mo‘jizaning guvohi bo‘lishdi.
Yong‘in har qancha kuchli bo‘lishiga qaramay, uy ichida qolgan Qur’oni karim yonmay qoldi, deb xabar beradi NUR.KZ nashri.
“2 fevral kuni mening uyim qo‘qqisdan butkul yonib ketdi. Tungi soat 3 da yalangoyoq nimada uxlagan bo‘lsak, shunda qochib chiqishga ulgurdik. Hammasi yonib ketdi, muzlatkich va sovutkich xuddi bo‘lmagandek, faqat Qur’oni karim yonmay qoldi. Bu Alloh hamisha yonimizda ekanligidan darak. Barcha yordamini ayamaganlarga tashakkur”, - deb yozadi xonadon sohibasi Oygul Berdiboyeva.
O‘MI Matbuot xizmati