Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Davlatshoh Samarqandiy kim bo‘lgan?

27.02.2018   5351   10 min.
Davlatshoh Samarqandiy kim bo‘lgan?

Davlatshoh Samarkandiy  (Taxminan 1435—1495) 

XV asrning ko‘zga ko‘ringan adabiyotshunos olimlaridan biri Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh al-Boziy as-Samarkandiydir. Uning tarjimayi holiga oid ma’lumotlar juda kam bo‘lib, «Tazkirot unshuaro» («Shoirlar tazkirasi») asarida keltirilgan ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat arbobi oilasida tug‘ilgan. Otasi Baxtishoh Shoxrux Mirzoning amirlaridan bo‘lib, ko‘pgina harbiy yurishlarida qatnashgan va toju taxt sohibiga sadoqat va qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan. Uning «Al-Toziy» atalishi ham shundandir. Davlatshohning tug‘ilgan vaqti ma’lum bo‘lmasa-da, o‘zining «Tazkirat unshuaro» asarini 50 yoshga kirganida yoza boshlaganini ma’lum qiladi. Bizga esa asar 1486 yili yozib tugatilgani ma’lum. Agar bu katta va muhim asarni yozish uchun kamida 2—3 yil vakg sarflangan deb taxmin qilinganda, Davlatshoh taxminan 1435—1436 yillarda tug‘ilgan bo‘lib chikadi. Davlatshoh Samarkandiy yoshligidan ilmga qiziqib, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan olimi, faqix va shoir Xoja Jaloluddin Fazlullox Abu Laysiydan ta’lim olgan. Lekin 1480 yillarga qadar ilmiy yoki adabiy faoliyat bilan shug‘ullanmagan, balki saroy xizmati va harbiy ishlarga jalb qilingan, Shoxrux va Sulton Xusayn Boyqaroning ko‘pgina harbiy yurishlarida ishtirok etgan. U so‘nggi marta Sulton Boyqaro bilan Sulton Mahmud (Xisori shodmon va Badaxshon hokimi) o‘rtasida Chakmansaroy (Afg‘onistonning Andxoy viloyatida joylashgan manzil)da bo‘lgan jangda qatnashgan. Bu jang, Xondamirning ma’lumotlariga qaraganda, 875-1471 yilda sodir bo‘lgan. 

Davlatshoh Samarkandiy 60 yilga yaqin umr ko‘rib 1495 yili vafot etgan. Davlatshoh Samarkandiy «Tazkirat ush-shuaro» asarini yozishda juda ko‘p manbalardan: o‘zidan oldin yozilgan tazkiralardan, xususan Abu Toxir Xotuniyning «Manokib ush-shuaro», Avfiyning «Lubob ulalbob» kitoblaridan, tarixiy va geografik asarlardan, xususan, Istaxriyning «Kitob masolik ul-mamolik», Gardiziyning «Zayn ul-axbor», Abulfazl

Bayxakiyning «Tarixi oli Sabuktakin» va boshqalardan, shuningdek, tazkirada kayd etilgan shoir va adiblarning asarlaridan keng foydalangan. Tazkirada VII—XV asrlarda yashab ijod etgan 155 shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. To‘g‘ri, guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi, Davlatshoh Samarkandiy tazkirasi ham ayrim jo‘z’iy kamchiliklardan holi emas. Masalan, ayrim hollarda sanalar, u yoki bu shoirning tug‘ilgan joyi noto‘g‘ri berilgan, ayrim hollarda keltirilgan ma’lumotlar chalkashib ketgan. Shunga qaramay asarning ijobiy tomonlari ko‘p. Bu asar juda katta davr qariyb sakkiz yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan shoir va adiblar faoliyatini tadqiq qabzasiga olgan. «Tazkirat ush-shuaro» yoki «Tazkirai Davlatshohiy» mukaddima, xotima va yetti qiyem (tabaqa) dan iborat. 

Mukaddimada asarning yozilish sabablari, VII—X asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan arab shoirlardan Labid (VII asr), Abu Nuvos (vafoti tax. 814), Abu Tayyib al Mutanabbiy (vafoti — 963), Abu A’lo Al-Marriy (973—1058) va boshqalar haqida ma’lumot keltirilgan. Birinchi va ikkinchi kiyem X—XI asrlarda Eron va Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan 21 yirik shoirning qisqacha tarjimai xoli va ijodiga bahishlangan. 

Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarda Xorazmshoxlar — Anushteginiylar (1077—1231), Elxoniylar (1258—1349) va Muzaffariylar (1315—1393) zamonida ijod etgan 54 shoir haqida ma’lumot bor. So‘nggi ikki tabaqa Temur va Temuriylar zamonida Markaziy Osiyo, Eron va Irokda yashagan 41 shoir ijodiga bag‘ishlangan. Xotimada esa mazkur tazkira muallifi bilan zamondosh mashxur allomalar Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xoja Afzaliddin Muhammad, Amir Axmad Suxayliy, Xoja Shaxobiddin Abdullox Marvarid hamda Xoja Osafiy haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

Davlatshoh Samarkandiy tazkirasida jamlangan shoirlarning asarlari sharq mumtoz adabiyotining umumiy yo‘nalishi, uning taraqqiyot yo‘llari, Sharq she’riyatida keng qo‘llanilgan ruboiy, kasida, g‘azal, hajv janrlarining paydo bo‘lishi va takomillashuvi, tarsi’, tajnis, tarji’band, murabba’ singari she’riy shakllarni o‘rganish hamda tadqiq etishda muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, ular orasida Javxariy Zargar, Xoja Kirmoniy, Jalol Tabib, Xoja Ismatullo Buxoriy, Aminiddin Nuzulobodiy singari dostonchilik janrining yetuk namoyandalari, nazm va nasrga oid «Tarjimon al-baloga» («Notiklikni tushuntirib beruvchi kitob») asari bilan mashhur Farruxiy (vafoti — tax. 1037—1038), «Chaxor makola» kitobi bilan shuhrat topgan Nizomiy Aro‘ziy Samarkandiy (XII asr), fors tilining sharxli lug‘atini tuzgan ibn Mansur Termiziy (XII asr), «Xadoik as-sexr» («Sexr bondari») asari bilan nom taratgan xorazmlik Rashididdin Vatvot (1088—1182), «Nigoriston» asari muallifi Muinidsin Juvayniy, «Shabistoni xayol» kitobi muallifi Yaxyo Sebak Nishopuriy, «Javoxir ul-asror» («Sirlar javoxiri») asarini butun Sharqka manzur eta olgan Shayx Ozariy (1382—1462), musiqa ilmining mashxur namoyandalaridan Soxib Balxiy, xat va xattotlik ilmining piri Simiy Nishopuriy ham borki, bular ijodi mumtoz adabiyot hamda O‘rta asr Sharq fani taraqqiyoti tarixida muhim o‘rin egallaydi. Kitobda ta’rifi keltirilgan shoirlardan aksariyati davrining malik ush-shuarosi bo‘lgan. Ularning qariyb hammasi oxir-oqibatda ta’magir va hasadchi, ig‘vogarlar maskani — shoxlar saroyini tark etgan. Avxadiddin Anvariy (XII asr), Rashididdin Vatvot, Buxoroda mulammax (bir she’rni ikki tilda yozish) an’anasini boshlab bergan, hajv janri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Xoja Ismatullo Buxoriy (1365—1426) ana shunday shoirlar jumlasidandir. 

Tazkirada jahonga mashhur faylasuf shoir va olim Nosir Xusrav (1004—1088), Sharq mumtoz she’riyati daholaridan va musiqashunos Xusrav Dexlaviy (1253—1325), shoir va yirik tarixchi olim Faxridsin Banokatiy (vafoti — 1329), Kamol Xujandiy (1318— 1401), Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy bilan birga mehnatkash xalk orasidan chiqqan nozimlar ham qayd etiladi. Asli dehkon tabaqasidan, Nizomiy Ganjaviyning «Maxzan ul-asror»iga ming baytdan iborat javob yozgan Jamoliddin ibn Ja’far Farraxoniy; bir umr qo‘sh qo‘shib, dehkonchilik qilgan, she’rni ketmon dastasiga bitib yurgan kuxistonlik Muhammad Xisomiddin; avom unnos (oddiy xalq)dan chiqib, shoirlik, xattotlik va naqqoshlikda nomi chikargan Simiy Nishopuriy; buyra to‘qib kun kechirgan samarqandlik Bisotiy haqidagi ma’lumotlar shular jumlasiga kiradi. 

Shuningdek, tazkirada o‘z  she’rlari bilan shoxdar va hokimlar, noiblar va qozilar kirdikorlarini fosh etgan Yaminiddin Faryuma diy va uning o‘g‘li Amir Mahmud (Ibn Yamin), Ubayd Zakoniy, Burunduk Buxoriy hamda Bobo Savdoyi Abivardiy kabi shoirlar zikri ham keltirilganki, bu xol asar qimmatini yanada oshiradi.

Davlatshoh Samarkandiy asarining yana bir fazilati unda ayrim muhim tarixiy vokealar bayonining ham keltirilganidir. Chunonchi, Markaziy

Osiyo, Afg‘onistan, Eron xalqlarining sulton Jaloliddin Manguberdi (Mangiburni) boshchiligida 1221—1232 yillari mugul boskinchilariga qarshi olib borgan kurashi tarixidan ayrim lavxalar; 1337 yili Hurosonda bo‘lgan sarbadorlar ko‘z goloni hamda shu ko‘z golon natijasi ularok, Xurosonning kattagina qismida bunyod topgan sarbadorlar davlatining (1337—1381) qisqacha tarixi ham asarda aks ettirilgan. Shuningdek, kitobda keltirilgan Xuroson va Markaziy Osiyo janubiy qismining XV asr 40-yillaridagi siyosiy Xayoti bilan bog‘lik tafsilotlar, yirik tarixiy shaxslar — vazir va olim Nizomulmulk, ulug‘ shoir va olim Umar Xayyom, ismoiliylar tariqati asoschisi Xasan Sabbox, buyuk munajjim Mirzo Ulug‘bek hayotiga oid voqealar ham alohida qimmatga ega.

Davlatshoh Samarqandiyning mazkur tazkirasi jamoatchilik e’tiborini ko‘pdan beri tortib kelmokda. 1819 yildan buyon asarning ayrim parchalari Rossiyada (V.A.Jukovskiy va F. Erdman), Fransiyada (Silvestrde Sasi), Angliyada (E. Broun va A. Falko- ner), Turkiyada (Faxim Sulaymon afandi), Germaniyada (Hammer)liy, Xusayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfi Buxoriy, Mir Husayn Muammoiy, Mullo Muhammad Badaxshiy, Yusuf Badiy, Shox Xusayn Qoshiy, Hiloliy Axdiy, Muhammad Solix va boshqalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadi. Alisher Navoiyning ta’kidlashicha esa Xusayn Boyqaro qadimgi turk tilining taqdiriga befarq bo‘lmay, uning rivoji uchun kator chora-tadbirlarni amalga oshirgan. O‘sha davr adabiy muhitining ba’zi bir «mo‘tabar» namoyandalari nazarida turk tili tahqirlanib, mazkur tilda ijod etish, ijodkorning iste’dodsizligini bildiruvchi nuqsonlardan biri deb hisoblangan. Binobarin, arab va fors tillariga e’tibor berilib, turk tili kamsitilgan. Ana shunday sharoitda Xusayn Boyqaro yozuvda turk tilini iste’molga kiritish borasida maxsus farmon bergan. Bu dadil qadam mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta voqea bo‘lgani shubhasiz. Xusayn Boyqaro fors va turkiy tillarida g‘azal bitish iqtidoriga ega bo‘lsada, asosan turk tilida «Xusayniy» taxallusi bilan ijod etgan. 

Uning ta’bi nazmi haqida Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» asarida shunday yozadi: «Ul xazratning xub ash’ori va margub abyoti bag‘oyat ko‘pdur va devon ham murattab bulubtur». Sulton Xusayn Boyqaro Xuroson hududini ichki va tashqi dushmandan tozalagach, beg‘amlikka, ayshu ishratga beriladi. Hukmdorning so‘nggi yillari mamlakat ichida vujudga kelgan isyonlarni bostirish bilan o‘tadi. Bu isyonlar o‘z o‘g‘illari tarafidan mulk talashib, ko‘tarilgan nizo va mojarolardan iborat edi. Ammo shunga karamay, u qo‘lidan kelganicha mamlakatda adolat va osoyishtalikni, ilm-ma’rifat va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qilgan. 1506 yil bahorida Sulton Xusayn Boyqaro xastaligiga qaramay Xuroson qo‘shinini yig‘ib, Muhammad Shayboniyxonga karshi Movarounnahr hududiga qarab yo‘l oladi. Shahanshoh Bobo Ilohiy mavzeiga yetganda, axvoli og‘irlashib, qo‘shinni to‘xtatishga qaror qiladi. 1506 yil 5 may, dushanba kuni kechqurun saltanat sohibi Abulg‘oziy Sulton Husayn Mirzo Boyqaro saktayi qalb (apopleksiya) kasali bilan 69 yoshida olamdan o‘tadi. 

Manba: MA’NAVIYAT YULDUZLARI

(Markaziy osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar)

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

OITSdan saqlanishning oson-ishonchli yo‘li

10.01.2025   419   4 min.
OITSdan saqlanishning oson-ishonchli yo‘li

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


"Alloh sizdan yengillatmoqni iroda qiladir. Va inson zaif yaratilgandir".

Insonni Alloh taoloning O‘zi yaratgan. U Zot O‘z bandasining xususiyatlarini yaxshi biladi. Shuning uchun ham insonga faqat Alloh taoloning ko‘rsatmalarigina to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu oyatda Alloh taolo insonning zaif holda yaratilganini ta’kidlamoqda. Yaratuvchining O‘zi «zaif yaratilgan», deb turganidan keyin, shu zaif insonga yo‘l ko‘rsatishda U Zot og‘irlikni xohlarmidi? Yo‘q, U Zot yengillikni xohlaydi.

Islom shariati, umuman, yengillik ustiga bino qilingandir. Bu haqda ko‘plab oyat va hadislar bor. Hammasi o‘z o‘rnida bayon qilinadi. «Niso» surasining boshidan muolaja qilib kelinayotgan masalalar, xususan, erkak va ayol, oila, nikoh masalasiga kelsak, ushbu oyatda bu masalalarda ham Alloh O‘z bandalariga yengillikni istashi ta’kidlanmoqda. Zohiriy qaralganda, diniy ko‘rsatmalarni bajarish qiyin, shahvatga ergashganlarning yo‘llarida yurish osonga o‘xshaydi. Islomda hamma narsa man qilingan-u, faqat birgina yo‘lga ruxsat berilganga o‘xshaydi. «Nomahramga qarama», «U bilan yolg‘iz qolma», «Uylanmoqchi bo‘lsang, oldin ahlining roziligini ol», «Mahr ber», «Guvoh keltir» va hokazo. Hammasi qaydlash va qiyinchilikdan iborat bo‘lib tuyuladi. Shahvatga ergashganlar esa «Yoshligingda o‘ynab qol, gunoh nima qiladi», deyishadi. Bu esa sodda va oson ko‘rinadi. Haqiqatda esa unday emas. Natijaga qaraganimizda bu narsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Dunyo tarixini kuzatadigan bo‘lsak, oila masalasiga yengil qaragan, jinsiy shahvatga berilgan xalqlar, davlatlar va madaniyatlar inqirozga uchragan. Qadimiy buyuk imperiyalarning sharmandalarcha qulashining asosiy omillaridan biri ham shu bo‘lgan.

Bizning asrimizga kelib, G‘arbda, o‘zlarining ta’biri bilan aytganda, jinsiy inqilob bo‘ldi. Jins borasida olimlar yetishib chiqdilar. Ular «Jinsiy hurriyat bo‘lmaguncha, inson to‘liq hur bo‘la olmaydi. Agar jinsiy mayllar jilovlansa, insonda ruhiy tugun paydo bo‘lib, unda qo‘rqoqlik va boshqa salbiy sifatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi», kabi g‘oyalarni tarqatishdi. Oqibatda jinsiy inqilob avjiga chiqdi.

Natijasini – har xil balo-ofatlar buhronini hozir o‘zlari ko‘rib-tatib turishibdi. Axloqiy buzuqlik, oilaning va jamiyatning parchalanishi, hayotga qiziqishning yo‘qolishidan tashqari, son-sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan muammolar paydo bo‘ldi. Jinsiy inqilob oqibatida taraqqiy etgan g‘arb davlatlarining tub aholisi dahshatli sur’atda kamayib bormoqda. Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan tanosil kasalliklari kelib chiqdi, har yili son-sanoqsiz odamlar shu kasalliklardan o‘lmoqda. Nasl buzilib, odamlari zaifhol va kasalmand bo‘lib bormoqda. Turli aqliy va ruhiy kasalliklar urchidi. Oxiri kelib, kasalliklarga qarshi insondagi tabiiy monelikning yo‘qolishi (OITS) kasalligi paydo bo‘ldi. Bu kasallik haqli ravishda, XX asr vabosi deb nomlandi. Uning davosi yo‘q. Bu dardga chalinishning sababi zinodir. U bilan kasallangan odam tez muddatda o‘ladi. Hamma dahshatda. Bu dardga chalinmaslikning yo‘llari axtarilmoqda, bu yo‘lda behisob mablag‘lar sarflanmoqda, mazkur vaboga chalinmaslikning turli choralari taklif etilmoqda. Qonunlar chiqarilmoqda, idoralar ochilmoqda.

Lekin shahvatga ergashganlari sababli ular eng oson, eng ishonchli bitta yo‘l – Allohning yo‘liga qaytishni xayollariga ham keltirishmayapti. Aqalli ushbu dardning bevosita sababchisi bo‘lmish zinoni man etuvchi qonun chiqarishni hech kim o‘ylab ham ko‘rmayapti. Chunki shahvatga ergashganlar shahvatga qarshi chiqa olmaydilar. Ularning o‘zlari shahvatga banda bo‘lganlari uchun unga ergashganlar. O‘zlarini zohiriy yengil ko‘ringan ishga urib, endi og‘irlikdan boshlari chiqmay yuribdi. Zohiriy og‘ir ko‘ringan bo‘lsa ham, Alloh ko‘rsatgan yo‘lga yurgan bandalar boshida mazkur og‘irlik va mashaqqatlarning birortasi ham yo‘q. Ular mutlaq yengillikda, farovon turmush kechirmoqdalar.

"Tafsiri Hilol" kitobidan

Maqolalar