Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Matbuot va axborot agentligi «Yetti pir» haqida kitobni chop etishni zimmasiga oldi

27.02.2018   3061   1 min.
Matbuot va axborot agentligi «Yetti pir» haqida kitobni chop etishni zimmasiga oldi

Foto: O‘zA

«Yetti pir» haqida kitob tayyor, endi unga homiy kerak» sarlavhali materialda ko‘tarilgan mavzu mutasaddilarni befarq qoldirmadi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Bu borada O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tashabbus ko‘rsatdi. Agentlik bosh direktori birinchi o‘rinbosari S. Shukurov tomonidan O‘zAga kelgan javob xatida, jumladan, shunday deyiladi:

«Maqolada ko‘tarilgan masala O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. 'Dunyo murshidlari' asari muallifi Sayfiddin Rafiddinov bilan ushbu asarning ulug‘ ajdodlarimiz muqaddas maskanlarini olam ahliga tanitishda nechog‘lik muhim ekani, allomalarimiz haqida keltirilgan ma’lumotlarning qay darajada ilmiy asoslagani, nashr etish uchun har tomonlama pishiq va puxtaligi, umuman, asar saviyasi va auditoriyasi yuzasidan bafurja suhbatlashildi.

Suhbat yakunida agentlik rahbariyati ushbu asarni nashr etish vazifasini o‘z zimmasiga olishini bildirdi».

Manba: https://daryo.uz

 
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Fotiha surasi duosi

9.01.2025   2178   1 min.
Fotiha surasi duosi

Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV