Otam oddiy dehqon bo'lganlari uchun oilamiz o'ta fiqirlik bilan kun kechirgan. Lekin ota-onam uzoq yil farzand qo'rishmagani uchun dehqonlik qilib topgan pullari er-xotinning tirikchiligiga kifoya qilgan, ikkovlon boriga qanoat qilib yashashgan ekan. Keyin men tug'ildim. Onam meni dunyoga keltirganlarida yoshlari 40 dan oshgan ekan.
Uzoq kutilgan farzand o'g'ilmi, qizmi odatda farqi bo'lmaydi. Inson tirnoqqa zor bo'lganda, odamlarning gap-so'zlaridan ko'z ocholmay qolganda hatto o'lik bo'lsa ham farzand ko'rgisi keladi, Allohdan yolvorib shuni so'raydi. Lekin keksalikka qarab keta boshlagan otamga yonlarida turadigan, dehkonchilik ishlarida bellariga mador bo'ladigan farzandning o'g'il bo'lishi har jihatdan yaxshi edi. Shuning uchun qalblarining bir chetida kutilayotgan go'dak o'g'il bo'lishini so'ragan bo'lsalar ham ajab emas. Doya ayol ham buni sezgan shekilli, mening qiz bola ekanimni dadamga bir oz mahzunlik ila bildirgan ekan. Odatda otalar o'g'il farzandning suyunchi pulini ko'proq qilib berishar ekan. Ammo dadam mening tug'ilganim xabarini eshitganarida doya ayolga o'g'il bolalarga beriladigan puldan ko'proq pul bergan ekanlar. Doya ayol buni sira kutmabdi. Otam meni bag'rilariga bosib “O'g'il bola bo'lganda bunchalik xursand bo'lmasdim” deganlarida doya ayol hayratdan karaxt bo'layozgan ekan.
Bu hikoyani men dadamdan ko'p eshitganman. Har gal aytib berganlarida o'zgacha hayajon bilan hikoya qilardilar. Menga bu hikoyani eshitish juda yoqardi. Ayniqsa “Seni bag'rimga bosib doya ayolga shunday shunday dedim” degan joylarida bir ko'z yoshi qilib olardilar. Onam ham bu hikoyani ko'zlarida yosh, lekin nimtabassum bilan eshitardilar. Tug'ilish qissam meni doimo yaxshi ishlarga, yaxshi inson bo'lishga, ota-onamning xizmatlarini qilishga, ularning qadriga etishga, ayniqsa dadamning bellariga quvvat bo'lishimga ilhomlantirardi.
Bu istaklar mening butun hayotim mazmuniga, maqsadiga aylangan edi. Allohga shukrlar bo'lsinki, men hayotim davomida otamga ko'p rahmatlar eshittirdim. Men bilan faxrlanishlariga, insonlar oldida boshlarini baland tutishlariga sababchi bo'ladigan ko'p ishlar qildim. Otam vafot etgunlaricha “Bu qizimni mingta o'g'ilga alishmayman” deya yashadilar.
Meni o'qish va ishlarimda muvaffaqiyatga erishishimga otamning mehrlariga, hali tug'ilmasimdan ilgari to'la bo'lgan muhabbat quchoqlariga to'yib o'sganim sabab bo'ldi. To'g'ri, otam meni malikalardek moddiy ta'minlamadilar, lekin menga malikalar ham ko'rmaydigan ikrom, g'amxo'rlik va sevgini ko'rsatdilar. Alloh otamning gunohlarini kechirib, jannatlari ila siylasin!
Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.
Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan.
Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.
Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati