frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Chorshanba kuni Surxondaryoda Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tadi

27.02.2018   3477   1 min.
Chorshanba kuni Surxondaryoda Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tadi

28 fevral, chorshanba kuni Surxondaryo viloyatida qorilar musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada respublika bosqichiga chiqish uchun tuman bosqichlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 11 nafar qori, 10 nafar qoriya jami 21 kishi harakat qiladi.
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Qur’oni karim musobaqasi sabab fayzu baraka yog‘ilmoqda, Haq taoloning Kalomiga oshiq ko‘ngillar oyati karimalarni jon quloqlari bilan tinglashmoqda.
Eng muhimi Qur’oni karimni tinglash Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlaridir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) menga: “Menga qiroat qilib bergin”, dedilar. Men: “Ey Rasululloh, Qur’on sizga nozil qilingan bo‘lsa, sizga men qiroat qilib berayinmi?”, dedim. U zot “Ha”, dedilar.
Boshqa rivoyatda “Men Qur’onni boshqadan eshitishni xush ko‘raman”, dedilar. Men “Niso” surasini o‘qib, “Har bir ummatdan (o‘z payg‘ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va sizni (ey, Muhammad!) ularga guvoh qilib keltirganimizda, (ularning holi) ne kechur?!” oyatiga yetganimda, “Yetarli” dedilar. Qarasam ikki ko‘zlaridan yosh oqayotgan ekan”, deyilgan.
Shunday ekan azizlar, 28 fevral, chorshanba kuni Surxondaryo viloyati bo‘yicha Qur’on musobaqasining viloyat bosqichidan bahramand bo‘ling.
Bizning muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

06.07.2026   4223   2 min.
Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yurtimizda 7-11 iyul kunlari o‘tkaziladigan “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.


Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhamedov, ISЕSKO rahbari Salim Muhammad hamda xalqaro al-Furqon jamg‘armasi raisi Sali Shahsuvariy so‘zga chiqdi.


Matbuot anjumanida mazkur nufuzli tadbirning maqsad va vazifalari, uning xalqaro ahamiyati hamda forum doirasida rejalashtirilgan ilmiy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumot berildi.


Ta’kidlanganidek, Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilayotgan forumda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli ulamolar, muftiylar, islomshunos olimlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.


Ushbu forum islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, ilm-ma’rifat va insonparvarlikka asoslangan asl mohiyatini xalqaro jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mazkur anjuman O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojidagi tarixiy o‘rni, buyuk allomalar merosi va ma’rifiy an’analarini dunyo miqyosida yanada keng namoyon etishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.


Ma’lumot o‘rnida, shu yil 7–8 iyul kunlari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida konferensiyalar bo‘lib o‘tadi. 9–10 iyul kunlari esa Samarqand va Termiz shaharlarida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziyning ilmiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.


Forum doirasidagi bunday uchrashuv va muhokamalar ilm-fan, dinlararo muloqot, bag‘rikenglik va ma’rifat tamoyillarini mustahkamlashda muhim amaliy maydon vazifasini bajaradi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Xalqaro forum oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari