2018 yil muhtaram Yurtboshimiz tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlarda yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
23 fevral, muborak juma kuni Urgut tumanidagi “Cho‘bin” markaziy masjidida shunday xayrli ishlardan biri amalga oshirildi.
2000 dan ziyod mo‘min-musulmonlar juma namozini ado etadigan ushbu masjidda diniy adabiyotlar savdosiga ixtisoslashgan yangi do‘kon ishga tushurilib, ma’rifat ulashishni boshladi. Bu haqda O‘MI Samarqand viloyati vakilligi xabar berdi.
Urgutliklarni yangi kitob do‘koni bilan muborakbod etamiz.
O‘MI Matbuot xizmati