2017 yilda Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeyev bergan ma’lumotlarga asosan O‘zA ma’lum qildi.
Birinchi turistik kompleks Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi Aq tumsiq manzilida “Tazabay Grand Service” MCHJ tomonidan tashkil qilingan.
Shuningdek, shu joyning o‘zida – Orol dengizi sohilida “Muinok tour” MCHJ tomonidan ikkinchi turistik baza ochilgan.
Tashkilotlar tomonidan sayyohlarga dam olish, ovqatlanish va transport xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Turistik komplekslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV