Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

Bolajonlar xursand

26.02.2018   2771   1 min.
Bolajonlar xursand

Hazrati Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri mo‘minlar qalbiga xursandchilik bag‘ishlash”, deb marhamat qilganlar. Haqiqatan ham, bir insonga yaxshilik qilib, uning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy tasalli berish – dinimizda ajri ulug‘ amal hisoblanadi. Ayniqsa, yosh bolalar va go‘daklarga mamnunlik ulashish yanada savobi ulug‘ amaldir.
Mana shunday hikmatni o‘ziga shior qilib olgan, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “al-Badr” jome masjidi imom-xatibi Odiljon Xolmurodov boshchilik mahalla faollari muntazam ravishta xayrli ishlarga qo‘l urib kelishmoqda.
O‘tgan kuni masjid va mahalla mas’ullari tomonidan “Tong yulduzi” mahallasidagi Sayxun ko‘chasi 37-uyda yashovchi 5 yoshli Azizbek va 3 yoshli Asadbek ismli bolalarni otasiz voyaga yetkazayotgan Taxminaxon Abduvaitovaning oilasi ahvolidan xabar olinib, uning farzandlariga umra safariga ketayotgan saxovatpesha kishilar ko‘magida ikkita krovat hadya qilindi.
Xalqimizga xos saxovat, mehr-oqibat, hamjihatlikning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan bu kabi xayrli ishlar yurtimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi va ularning shart-sharoitini yaxshilashga bo‘lgan e’tiborning yanada ravnaq topayotganidan dalolatdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

10.01.2025   3630   1 min.
To‘lamagan yo‘lkiralarimni qanday ado etaman?

Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.

Shuni yodda tutish lozimki, birovlarning haqlari eng avvalo egasiga qaytarish shart bo‘ladi. Egasi yoki uning merosxo‘rlarini topishning iloji umuman bo‘lmagandagina uning nomidan sadaqa qilinadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar