Toshkent shahri Shayhontoxur tumanida Xuvaydo jome masjidi ta’mirlanib yana foydalanishga topshirildi.
Ushbu masjidning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Rahimberdi Rahmonov ishtirok etdi.
O‘MI Matbuot xizmati
Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".