Rossiyaga Pxenchxandagi Olimpiya o‘yinlari ilk oltin medalini taqdim etgan figurali uchish ustasi Alina Zagitova Moskva jome masjidi qavmiga mansub chiqib qoldi. Bu haqda jurnalist Radik Amirov o‘z blogida ma’lum qildi. “U buvisi bilan Moskva jome masjidiga borar va u yerda Eldor hazrat Alyautdinov Alinaning ishlari yaxshi bo‘lishi uchun duolar qilar edi!”, - deb yozmoqda Amirov. 15 yashar Alina Zagitova – xokkey murabbiyi Ilnaz Zagitovning qizidir. Sportchining ismini toshkentlik mashhur nafis gimnastika ustasi Alina Kabayeva sharafiga qo‘yishgan. Figurali uchish ustasi 2018 yildagi Yevropa chempioni, shuningdek Gran-pri – 2017 g‘olibasi hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati