Rossiya Federatsiyasiyasining Moskva shahrida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ochiq xat” va “Din nasihatdir” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “islom.uz” portalida xabar berildi.
Bugun, 23 fevral kuni Moskva vaqti bilan 15:00 da Shayx Muhammad Sodiq nomidagi musulmonlar diniy-ma’rifiy markazida kitoblarining rus tilidagi qayta nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ushbu taqdimotda ishtirok etish istagini bildirganlar uchun ma’lumot.
Manzil: Moskva shahri, “Park kulturi” metrosi, Ostojenka ko‘chasi, 49s1-uy
Ma’lumot uchun, Shayx Muhammad Sodiq nomidagi musulmonlar diniy-ma’rifiy markazining faoliyati 2017 yil 22 dekabrda yo‘lga qo‘yilgan edi.
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Dunyoga muhabbatni ketkazish va oxirat g‘amini qalbda paydo qilishning yo‘li bor. Yigirma to‘rt soat ichidan ozgina vaqt ajrating, kechayu kunduzlarimiz g‘aflatda o‘tayotganini o‘ylang, o‘limni unutganimizni o‘ylang, hali Alloh taoloning huzurida hozir bo‘lishdan, buyuk hisob-kitobdan, jazo va mukofotdan g‘aflatda qolganimizni o‘ylang.
Shu narsalar haqida o‘ylashga vaqt ajrating, bir kunmas bir kun o‘laman, keyin Alloh taoloning huzurida qanday qilib hisob beraman? So‘rovlariga nima deb javob qilaman? deb o‘ylang. Shu o‘ylar har doim qalbda tirik tursin.
Agar kishi har kuni shu narsalarni fikrlab tursa, bor-yo‘g‘i bir necha haftada, inshaAlloh, dunyoga muhabbat qalbidan chiqib ketadi. Alloh taolo O‘zining rahmatidan barchamizga bu aytilganlarga amal qilish tavfiqini ato etsin, omin.
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan