Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447

Islom bilim yurtida musulmonlar birdamligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

23.02.2018   3800   6 min.
Islom bilim yurtida musulmonlar birdamligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Buxoro shahar “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida 2018 yil 17 fevral kuni “Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo‘linib ketmang”

mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Yig‘ilishni bilim yurti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mudira muovini Rohat Mamadshoyeva kirish so‘zi bilan ochib berib, talalabalarni masalalar bilan tanishtirgan. 

Bilim yurti mudiri A. Inoyatov o‘z ma’ruzasida quyidagilarni so‘zladi: “Ey, insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo‘ydik. (Hujurot surasi, 13-oyat). Dinimizda mana shu haqiqatni bayon qilish orqali insonlarni birlikka, hamjihatlikda yashashga da’vat etiladi.Ayni paytda dinimiz bizlarni o‘zaro ixtilof qilishdan, tafriqaga bo‘linishimizdan qaytaradi. Zero, ixtilof va tafriqa insonlarni bir-biridan uzoqlashtiradi, o‘rtada adovat va fitna paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, dinda tafriqaga bo‘linish zalolat sanalib, insonning ikki dunyosini ham barbod bo‘lishiga olib boradi. Alloh taolo Qur’oni karimda:

“Dinni barpo qilingiz va unda firqa-firqaga bo‘linmangiz!”, deb marhamat qilgan (Sho‘ro surasi, 13-oyat).

 

Tarixda turli xil firqalar chiqqan bo‘lib, ular Payg‘ambarimiz s.a.v. aytganlaridek o‘zlari ham zalolatda, o‘zgalarni ham to‘g‘ri yo‘ldan ozdirib, buzuq aqidalarga boshlaganlar. O‘z davrida ulamolar ana shunday toifalarga qarshi kurashib, ularning buzuq aqidalarini fosh etganlar, mo‘min-musulmonlarni zalolat yo‘llaridan ogohlantirganlar. Xususan, yurtimizdan chiqqan buyuk bobokalonimiz Abu al-Mu’in an-Nasafiy hazratlari bundan ming yil avval ana shunday oqimlarga qarshi raddiya o‘laroq o‘zlarining aqidaga oid asarlarini yozib qoldirganlar.

Alloh uchun do‘stlashishning shartlarini aytib bersangiz. Maktabda birga o‘qigan do‘stlar bilan Alloh uchun do‘stlashish xolis bo‘lishi mumkinmi? Boisi, ular bilan o‘rtada Alloh uchun do‘stlashishdan tashqari, birga o‘qiganlik uchun do‘stlik ham mavjud bo‘ladi. 

Alloh taoloning “Hujurot” surasidagi: “Albatta, mo‘minlar birodardirlar”, degan oyatiga binoan mo‘minlar bir-biriga birodardir. Voqe’likda esa mazkur umumiy iymon birodarligi bilan bir qatorda xususiy birodarlik – do‘stlik ham mavjudligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ushbu xususiy birodarlik mo‘minlar ichidagi yakka shaxslar orasida o‘rnatilib, jamiyatdagi umumiy birodarlikni mustahkamlashga va boshqa ko‘pgina yaxshiliklarga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ruhiy tarbiya ustozlari bu ishga alohida ahamiyat berganlar va bu tarzdagi insoniy aloqalarni ulfatchilik va do‘stlik deb nomlaganlar. 

Albatta, ulfat bo‘lish husni xulqning samarasidir. Tafriqa (bo‘linish) esa, yomon xulqning samarasidir. Husni xulq muhabbat, ulfatchilik, muvofiqlikka sabab bo‘ladi. Yomon xulqning samarasi hasadlashuv, yomon ko‘rish va xusumat-dushmanlikdan iboratdir. Islomda husni xulqning o‘rni juda yuqori darajada turadi. Husni xulqning fazli xususida Alloh taolo Qalam surasida: “Albatta, sen ulug‘ xulqdasan” (4-oyat), degan. 

Insoniyat tarixida turli xalqlar, qabila-urug‘lar va millatlarni Islomchalik ulfat qilgan – birlashtirgan tuzum yoki mafkura bo‘lmagan. Kishilar qalbida Islom munosib o‘rin olgan joylarda va zamonlarda millatchilik, mahalliychilik va tarafkashlikning salbiy ko‘rinishlari tamoman yo‘qolgan. Chunki Islom birodarligi irq, nasab, til, qabila, qavm asosida emas, Allohga muhabbat va taqvo asosida bo‘ladi. 

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min ulfat bo‘luvchi va ulfatga tanlanuvchidir. Ulfat bo‘lmagan va ulfatga tanlanmagan kimsada yaxshilik yo‘q”, dedilar” (Tabaroniy va Hokim rivoyat qilishgan). 

O‘zlari qarindosh bo‘lmasalar ham, oralarida moliyaviy oldi-berdilari bo‘lmasa ham, Allohning ruhi ila muhabbat qilishgan qavmlar Alloh taoloning Qur’oniga amal qilgan odamlardir. Ana shunday odamlar ushbu hadisi sharifda zikr etilgan ulug‘ maqomga erishar ekan. 

Mo‘min-musulmonlar orasidagi muhabbat Alloh uchun bo‘lgandagina ular komil iymon halovatini topadilar. Bu muhabbat ikki tomonning Allohga bo‘lgan muhabbatidan kelib chiqqan muborak muhabbatdir. Chunki ularni birodar qilgan, do‘stlashtirgan zot Alloh taoloning O‘zidir (Alloh biluvchidir). 

“Alohga va uning Rosuliga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadi. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”. (Anfol, 46) 

Aziz talabalar, musulmonlar Alloh taologa va uning Rosuliga qanchalik itoatda bo‘lsalar, muvaffaqiyatlari ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Jumladan, musulmonlar o‘zaro nizo va ixtilof qilmaslikda ham Alloh taologa va uning rosuliga itoatda bo‘lishlari ko‘pgina muvaffaqiyatlarning omilidir. Alloh taologa va uning rosuliga itoat qilmay, o‘zaro nizo va ixtilof qilishning oqibati nima bo‘lishi oyatning davomida bayon qilib berilmoqda: “O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadi”. 

Alloh taolo rost aytadi. Islom tarixidan ma’lumki, musulmonlar ichki nizo va ixtilof sababli muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar. Orada ixtilof chiqmasligi uchun sabr kerak. Sabrsizlik esa, musulmonlar orasida turli ixtiloflar, urush-janjallar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Alloh sabrlilar bilan doimo birga va ularni har qanday ofatlardan omon saqlaydi. Guruh-guruh bo‘lib olib, ixtilof chiqarish, talashib-tortishishning oqibati hech qachon yaxshi bo‘lgan emas. Ixtilofning asosiy sababi o‘zaro hasad qilishdir. Hasad o‘z egasini xarob qiladi. 

Mana Alloh taoloning izni irodasi va fazli karami ila birga ishlash nasib bo‘lgan ekan, endilikda hammamiz bir tanu bir jon bo‘lib, o‘quv dargohimizning saviyasini oshirishimiz, haqiqiy ilm sohibalarini yetishtirib, dinimiz rivojiga munosib hissamizni qo‘shmog‘imiz darkor. Buning uchun esa avvalo o‘zaro hurmat-ehtirom va yuksak islomiy odob-axloq bilan ish ko‘rishimiz, bir-birimizga ko‘makchi bo‘lishimiz zarur.

 

A.Inoyatov bilim yurti mudiri

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi

01.08.2025   19829   1 min.
“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi

#Qur’on_va_tajvid_o‘quv_kursi

Toshkent islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 62-davra tinglovchilari o‘qishni boshlamoqda. Shu munosabat bilan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi bo‘limi boshlig‘i Ahmadxon qori Rashidov tinglovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kursning ahamiyati va o‘quv jarayoni haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tinglovchilarning fikrlari tinglanib, ularga tavsiyalar berildi. 

 

Ma’lumot uchun:

- Qabul: har shanba kuni, soat 09:00 – 14:00;

- To‘lov: 3 oylik kurs uchun 1 648 000 so‘m;

- Ro‘yxatdan o‘tgach, tinglovchilar navbat bilan o‘qishga chaqiriladi. 

 

Manzil:

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy. (https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7)

 

Bog‘lanish uchun:

71-227-23-47

 

 Alloh taolo barchamizga Qur’onni to‘g‘ri va chiroyli o‘qishni, uning hikmatlaridan bahramand bo‘lishni nasib qilsin!

 

11 ta filiallar   (https://t.me/oliymahad/21683)

t.me/oliymahad

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari