frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Qur’on oyati va qudsiy hadis o‘rtasida qanday farq bor?

23.02.2018   16020   2 min.
Qur’on oyati va qudsiy hadis o‘rtasida qanday farq bor?

Qur’oni karim bilan qudsiy hadis o‘rtasida qanday farq bor? 

Bu haqda bilishni istasangiz quyidagi maqola bilan tanishing.

Qur’oni karim: 

  1. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga Jabroil (alayhissalom) orqali vahiy qilingan. Uning lafzi ham, ma’nosi ham ilohiydir. Hech bir jihatdan birortaning unga dahli bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas. 

Alloh taolo aytadi: 

“Uni Ruhul amin (Jabroil) olib kelib, ogohlantiruvchi (payg‘ambar)lardan bo‘lishingiz uchun qalbingizga tushirdi, u aniq arab tilida edi” (Shuaro, 193–195). 

  1. U ojiz qoldiruvchidir, na ins, jin ma’noda va lafzda unga o‘xshashini, hatto kichkina bir surasiga o‘xshashni ham to‘qiy olmaydi. 
  1. Qur’oni karim to qiyomat kunigacha boqiy qoluvchi, o‘zgarish va almashishdan saqlangandir. 
  1. U bizga Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) mutavotir tarzda naql qilingan. Undan biror narsani inkor qilgan kishi kofir bo‘ladi. 
  1. Qur’oni karim namozda va boshqa vaqt o‘qiladi. Uning qiroati ibodat sanaladi va har bir harfiga o‘nta savob beriladi. 
  1. Uni tahoratsiz ushlash va ko‘tarish, junub, xayz, nifos holatda tilovat qilish mumkin emas. 

Hadisi qudsiy: 

– uning lafzi Payg‘ambarimiz (alayhissalom)ga oid, ma’nosi ilohiydir; 

– ojiz qoldiruvchi emas; 

– o‘zgarish va almashishdan saqlangan emas; 

– bizlarga ohod xabar tarzda yetib kelgan; 

– undan biror narsani inkor qilgan kishi kofir sanalmaydi; 

– namozda o‘qilmaydi; 

– uni o‘qish ibodat emas; 

– uni tahoratsiz o‘qish, ushlash yoki ko‘tarish mumkin. 

Hadisi qudsiy asli Alloh taoloning so‘zi bo‘lsada, Payg‘ambarimizga Jabroil (alayhissalom) orqali tushirilmagan, balki bevosita ilhom qilinganidan keyin e’lon etilgan

O‘MI Matbuot xizmati

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

18.08.2026   34594   1 min.
Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.

 

Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.

 

Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi
O'zbekiston yangiliklari