O‘zbekiston Qur’on musobaqasining 2-bosqichi o‘tkazilishi sanasi va joylari bilan tanishing. Quyidagi jadval orqali ma’lumot olishingiz va ularni do‘stlaringizga ulashishingiz mumkin.
Hozirga qadar, Jizzax va Samarqand viloyatlarida Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan qori va qoriyalar aniqlandi.
Qur’on musobaqasini muslim.uz portali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
O‘MI Matbuot xizmati
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.
So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.