Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Horijdagi ishonchli diniy ta'lim muassasalari

22.01.2024   2093   7 min.
Horijdagi ishonchli diniy ta'lim muassasalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha 

Maslahat kengashi tavsiya etadigan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati

Ta’lim muassasasi nomi

Ta’lim muassasasi joylashgan davlat

Ta’lim muassasasining
rasmiy sayti

1.

Al-Azhar universiteti

Misr Arab Respublikasi

http://www.azhar.edu.eg/en/

2.

Bulg’or islom akademiyasi

Rossiya Federatsiyasi

https://bolgar.academy/

3.

Rossiya islom instituti

http://www.kazanriu.ru

4.

Rossiya islom universiteti

http://www.riu-ufa.ru/

5.

Malayziya xalqaro islom universiteti

Malayziya

https://www.iium.edu.my/v2/

6.

Oksford islom tadqiqotlari markazi

Buyuk Britaniya

https://www.oxcis.ac.uk/publication/bukhari

“Al-Azhar” ta'lim majmuasining barcha muassasalariga O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo'yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun' kunidan – 15 iyul' kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun' kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo'yicha qo'mita) tomonidan qabul qilinadi. 

   “Al-Azhar” ta'lim majmuasida o'qish istagida bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:

1. Ariza (namuna bo'yicha)

2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;

3. Umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yoki oliy ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

4. Fuqaroning shaxsiy ma'lumotnomasi (namuna bo'yicha namuna tuldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).

          Ma'lumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul' kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul' kunlari) ko'rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o'tkazilgan suhbat natijasiga ko'ra “Al-Azhar” ta'lim majmuasida o'qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro'yxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi. 

Eslatma: Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko'chasi, 12-uy. Tel: (71) 207-17-58 da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

1-ilova Maslahat kengashi Tarkibi

2-ilova Maslahat kengashi Nizomi

3-ilova Ishchi guruh tarkibi

 4-ilova Ishchi guruh Reglamenti

 5-ilova O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarori

Din ishlari bo'yicha qo'mita

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qariyani ovora qilibsan-ku

14.07.2025   899   3 min.
Qariyani ovora qilibsan-ku

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Nihoyat, Makka fath bo‘ldi. Bir paytlar g‘ordan vahiy dahshatidan titrab-qaltirab yolg‘iz tushib kelgan bir nafargina Inson butun bir ummatga aylandi.

Tun zulmatida Quraysh o‘ldirishga qasd qilgan Inson Makkadan sodiq do‘sti bilan Madina tomon chiqib, bir necha yildan so‘ng Makkaning to‘rt darvozasidan kuppa-kunduz kuni g‘olib bo‘lib kirib keldi! Kuraysh esa, o‘sha kuni o‘zlaridan qasos olinishini kutib, u zotning oldida bosh egib o‘tirardi. Ularni nima qildi deb o‘ylaysiz?

U kishini yolg‘onchiga chiqarganlarni, aziyat berganlarni, Ka’ba atrofida sajda qilayotganida ustiga tuyaning eshini (ya’ni, ko‘p kitoblarda " سَلَى جَزُور"ni tuyaning ichak-chavog‘i deb yozishadi. Ustoz Abdul Azim Ziyouddin domla «Nurul yaqiyn» kitoblarida yozgan izohda bunday tushuntirganlar: «Imom Buxoriy rivoyatida سَلَى جَزُور va Muslim rivoyatida سَلَى جَزُور, ya’ni «tuyaning qog‘onog‘ini» deyilgan. Qog‘onoq — homilani o‘rab turuvchi shilliq parda, yo‘ldosh.) ag‘darganlarni, Abu Tolib darasida qamal qilganlarni, u kishini yolg‘onchi, sehrgar, majnun deb ayblaganlarni, so‘ngra u kishini o‘ldirish uchun har bir qabiladan bittadan kishi tanlab, u kishining qoni barchaga tarqalishi uchun birgalikda o‘ldirmoqchi bo‘lganlarni nima qildi deb o‘ylaysiz?

U zot sollallohu alayhi vasallam ulardan qasos olmadilar. Balki ularga: «Boraveringlar, sizlar ozodsizlar!» dedilar!

Abu Bakr roziyallohu anhu uyiga borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilishlari va islomga kirishi uchun qartayib qolgan, oyoqlarini ko‘tarishga ham majoli yo‘q otasi Abu Quhofani olib keldi. U hali-hamon iymon keltirmagan edi. Uni ko‘rgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qariyani ovora qilibsan-ku, uni uyida qoldirsang bo‘lmasmidi, biz o‘zimiz uning oldiga borar edik», dedilar.

Abu Bakr roziyallohu anhu aytdi: «Yo Allohning Rasuli! Sizning borishingizdan ko‘ra otam kelishi to‘g‘riroqdir».

Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni o‘tirishga taklif qildilar. Uning ko‘ksini siladilar va: «Musulmon bo‘l», dedilar. Abu Quhofa iymon keltirdi. Abu Bakr roziyallohu anhu yig‘ladi. Qo‘lida ko‘p sahobalar islomga kirgan, ko‘p buyuklar iymonga kirgan buyuk sahobaning otasi endi Islomga kirdi...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odoblariga qarang! U kishi yoshi bir joyga borib qolgan qariyaning huzurlariga kelishini noo‘rin bildilar. O‘zlari uning oldiga borishga tayyor ekanliklarini aytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo yoshi kattalarga shafqatli edilar. Doimo: «Sochlari oqargan musulmonni ikrom qilish Allohni ulug‘lashdandir!» der edilar.

Bir qariya Nabiy sollallohu alayhi vasallamni qidirib keldi. Sahobalar unga yo‘l berishmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga: «Kichigimizga rahm qilmagan, kattamizni hurmat qilmaganlar bizdan emas!» dedilar.

Qariyalarga xuddi otamiz yoki bobomiz kabi muomalada bo‘lishimiz lozim. Onaxonlarga esa onamiz yoki buvimiz kabi muomalada bo‘lishimiz kerak. Inson qariganda o‘zining zaifligi, bemorligi va ojizligiga qarab qachonlardir yosh bo‘lganini, kuchli bo‘lgan paytlarini eslaydi, eziladi. Garchi boshqalarga ko‘rsatmasa-da, qalbida siniqlikni his qiladi. Bu siniqlikka faqatgina atrofdagilar beradigan e’tibor va hurmatgina davo bo‘la oladi! Ko‘ngil olish ibodatdir!


«Nabaviy tarbiya» kitobi asosida tayyorlandi