O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha
Maslahat kengashi tavsiya etadigan xorijiy diniy ta’lim muassasalari ro‘yxati
№ | Ta’lim muassasasi nomi | Ta’lim muassasasi joylashgan davlat | Ta’lim muassasasining |
1. | Al-Azhar universiteti | Misr Arab Respublikasi | |
2. | Bulg’or islom akademiyasi | Rossiya Federatsiyasi | https://bolgar.academy/ |
3. | Rossiya islom instituti | ||
4. | Rossiya islom universiteti | ||
5. | Malayziya xalqaro islom universiteti | Malayziya | https://www.iium.edu.my/v2/ |
6. | Oksford islom tadqiqotlari markazi | Buyuk Britaniya | https://www.oxcis.ac.uk/publication/bukhari |
“Al-Azhar” ta'lim majmuasining barcha muassasalariga O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo'yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun' kunidan – 15 iyul' kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun' kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo'yicha qo'mita) tomonidan qabul qilinadi.
“Al-Azhar” ta'lim majmuasida o'qish istagida bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:
1. Ariza (namuna bo'yicha)
2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;
3. Umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yoki oliy ta'lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
4. Fuqaroning shaxsiy ma'lumotnomasi (namuna bo'yicha namuna tuldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).
Ma'lumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul' kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul' kunlari) ko'rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o'tkazilgan suhbat natijasiga ko'ra “Al-Azhar” ta'lim majmuasida o'qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro'yxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi.
Eslatma: Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko'chasi, 12-uy. Tel: (71) 207-17-58 da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
1-ilova Maslahat kengashi Tarkibi
2-ilova Maslahat kengashi Nizomi
3-ilova Ishchi guruh tarkibi
4-ilova Ishchi guruh Reglamenti
5-ilova O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarori
Din ishlari bo'yicha qo'mita
Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.
Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.
Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).
Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:
“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).
Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar”, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyr”ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).
Shunga ko‘ra imom domla “Subhanalloh”, “Alhamdulillah”, “Allohu akbar” deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.