Yoshlar tarbiyasi barcha davrning eng dolzarb masalasibo'lib kelgan. Tarixchi Gerodot Sharqqa safari chog'ida Misr ehromlaridagi bir bitik uni ajablantirgan: “Yoshlarning tarbiyasi buzilib ketyapti. Nima qilmoq kerak?!”.
Muarrixning bu bitikni o'qiganiga ham ikki ming yildan oshib ketdi. Yozuvning bitilganiga esa kim bilsin qancha vaqt bo'lgan? Demak, yoshlar masalasi hamisha o'z dolzarbligini yo'qotmagan, bunga hamma davrlardaham turli darajada munosabat bildirilgan.
Ulug' ma'rifatparvar alloma Mahmudxo'ja Behbudiy “Oyna” jurnalining 41-sonida e'lon qilingan yoshlarga murojaatnomasida bunday yozadi:“...Ushbu taraqqiy etgan zamonda ilmsiz, ma'rifatsiz, quruq taassub bilan yashab bo'lmaydi. Hozirgi zamonaviy taraqqiyot va rivojlanish shunday kuchli bo'lmoqdaki, ozgina fursat o'tar-o'tmas quruq va chirigan taassublarimizni ildizi bilan qo'porib tashlaydi. Shuninguchun barcha yoshlarimiz bu boradabir narsaga tayanishlari mumkin.Bu narsa ilmu ma'rifatdir”.
Bashariyat yaralibdiki, tarbiya masalasining dolzarbligi hech qachon kun tartibidan tushmagan. Muqaddas dinimizda ham tarbiyaga katta e'tibor qaratiladi, alohida urg'u beriladi.Rog'ib Asfahoniy ta'riflaganidek, tarbiya – insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik hamda muvozanat ila o'stirishdir.
Islomda farzand tarbiyasi otaonaning eng mas'uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridan biri sanaladi. Zotan, ota-onaning farzandne'matiga haqiqiy shukri ham aynan
tarbiya mas'uliyatini sharaf bilan to'g'ri ado etish orqali yuzaga chiqadi.Amaliy shukr – berilgan ne'matni ne'mat beruvchi Zotni rozi qiladigan tarzda tasarruf qilish. Binobarin, farzand ne'matiga amaliy shukr qilish o'sha farzandni Alloh taologa itoat qiladigan banda qilib tarbiyalash orqali amalga oshiriladi.
Qur'oni karimda odamzodni tarbiyaga chorlaydigan oyatlar ko'p. Hususan, Luqmoni Hakimning o'g'liga qilgan nasihati keltirilgan oyatlar tarbiyaning oliy namunasi, insonning zurriyoti oldidagi burchi va farzandning otasidagi haqqi haqida bayon qiladi: “(Luqmon yana dedi): “Ey o'g'ilcham! Shubha yo'qki, agar xantal (o'simligining) urug'idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo'lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki er ostida bo'lsa, o'shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir. Ey o'g'ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o'zingga etgan (balolar)ga sabr qil! Albatta, mana shu puxta ishlardandir. Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va erda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas.(Yurganingda) o'rtahol yurgin va ovozingni past qilgin!” (Luqmon surasi, 16-19-oyatlar).
Tarbiya inson kamolotining asosidir. Bizda farzand tarbiyasi har bir oila uchun asosiy vazifa bo'lib kelgan. Qadimdan xalqimiz tarbiyaga alohida e'tibor qaratgan. Bejiz “Bir bolaga etti mahalla ota-ona”, deyilmaydi.
Lekin afsuski, bugun farzand tarbiyasini ota-onadan ko'ra, ko'proq telefon, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar bajaryapti, desak, xato bo'lmaydi. Chunki darvozasiz shahar bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar aqidasi buzuq, sof islom ta'limotiga zid g'oyalar bilan yoshlarning ong-u shuurini zaharlashga chiranmoqda.
Bunday sharoitda ota-ona, ustoz va murabbiylar – barcha-barchaga yoshlarni e'tibordan chetda qoldirmaslik, ularni har qachongidan ko'ra, ko'proq nazorat qilib turish vazifasi yuklanadi. Abu Said Hudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizdan kim bir munkar ishni ko'rsa, qo'li bilan qaytarsin, agar qodir bo'lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo'lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o'sha eng zaif iymondir”, dedilar.
Davlatimiz tomonidan qonun asosida ochib qo'yilgan o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari, oliy diniy ta'lim maskanlari, Qur'oni karim va tajvidni o'rgatish kurslari faoliyat yuritayotgan bo'lishiga qaramasdan, afsuski, ayrim yoshlar internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan “ustoz”lar axtarmoqda. Bu juda xavfli holat.
Shu bilan birga, O'zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy vebportali www.muslim.uz, www.fatvo.uz va idora tizimiga qarashli bir necha rasmiy internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar ishlab turibdi. Biroq faoliyati taqiqlangan saytlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish holatlari kuzatilayotgani achinarli holdir.
Farzandlarimiz diniy ilm bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni hampuxta o'zlashtirishi shart. Aslida, ilmni diniy yoki dunyoviy, deb ajratishning o'zi xato. Bugungi taraqqiyot asrida yoshlarimiz har jihatdan barkamol bo'lishi zarur. Aks holda, jadidchi ma'rifatparvar bobomiz Munavvarqori Abdurashidxonov aytganidek, “Bugungacha Ovro'po xalqi osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovro'polilar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va qisqa kiyimlar janjallari, Ovro'po shaharlari bugun elektrik isitilar va yoritilar ekan, bizda maktablarda jo'g'rofiyo va tabiyot o'qitish, o'qitmaslik ixtiloflari...davom etadi” (“Turkiston” gazetasi, 1923-yil) kabi muammolar girdobidanchiqib keta olmaymiz.
Diniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlarni puxta o'zlashtirgan kishini hech kim chalg'ita olmaydi. Chunki u har bir ishini aql tarozisiga solib amalga oshiradi. Milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimizning sof ta'limotiga zid hech qanday ta'sirgaaldanmaydi.
Shunday ekan, o'g'il-qizlarimizni zamon talablariga javob beradigan darajada voyaga etkazish har birimizning oldimizda turgan katta mas'uliyatdir. Bugunning bolasi jismonan sog'lom, ma'nan etuk, o'z fikriga ega, kasb-hunarni egallagan,zamonaviy texnologiya yutuqlarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi shart. Shundagina ko'zlangan maqsadga erishishoson bo'ladi.
Abduqahhor YuNUSOV,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi
Manba: “Yangi O'zbekiston” gazetasi 2023-yil 12-may, 92-son
Al-Kisoiy al-Kufiy 119/737 yil Kufada dunyoga kelgan.
To‘liq ismi: Ali ibn Hamza ibn Abdulloh ibn Bahman ibn Fayruzm al-Kisoiy al-Kufiy. Imom al-Kisoiy yoshligida ilm o‘rganishga juda intilardi, lekin boshlang‘ich davrda muvaffaqiyat qozona olmasdi. Bir safar Qur’onni yod olishda qiynalgach, ustoziga: “Men hech narsani yodlay olmayapman, charchadim”, dedi.
Ustoz unga sabr qilishni va Qur’onning barakasiga ishonishni tavsiya qildi. Shundan so‘ng, Imom al-Kisoiy sabr bilan harakat qilib, Qur’onni mukammal yod oldi va keyinchalik mashhur qiroat imomlaridan biri bo‘ldi. Bu voqea sabr va mehnatning samarasini eslatadi.
Hayoti: Al-Kisoiy Kufada tug‘ilgan va tilshunoslikda ham, qiroatda ham yuqori maqomga ega bo‘lgan. Undan nega «Kisoiy» deb nom olganligi haqida so‘rashganida u, – "chunki men hajda kisoda (kiyimda) ehrom bog‘laganman", deb javob bergan ekan. U asli fors bo‘lib, Bani Asad qabilasining qullaridan edi.
Ilmiy faoliyati: Uning asosiy ustozlari Hamza al-Kufiy va boshqa yirik qiroatchilar bo‘lgan. Bundan tashqari Kufa maktabini asoschisi hisoblanadi.
Muoz al-Harro va Abu Ja’far Ruasiylarda nahvdan tahsil oldi. Ular-dagi ilmlarni olib bo‘lib, ulardan qoniqmay qolgach, Basraga kelib Iso ibn Umar, Abu Amr ibn al-Alo va Al-Xalil ibn Ahmaddan ilm o‘rgangan. Qiroatni esa Sho‘ba ibn Hajjojdan ta’lim olgan.
U zot juda ko‘p asarlar ham yozgan: "Kitab muxtasar fi an-nahv" (Nahvga oid qisqa bo‘lgan kitob), "Kitab al-hudud fi an-nahv" (Nahvdagi hadlar oid kitob), "Kitob al-qiroat (Qiroatga doir kitob)", "Kitab al-adad (Sonlarga doir kitob)", "Kitab ixtilaf al-adad (Sonlarning ixtilofiga oid kitob)", "Kitab al-huruf (Harflarga oid kitob)", "Kitab maoniy al-Qur’an (Qur’on ma’nolari haqidagi kitob)" kabi ko‘plab kitoblar yozgan.
Nahvdan Farro uning xos shogirdlaridan hisoblanadi.
Kisoiy 189/805 yil Roy shahrida vafot etgan.
Matkarimov Nurmuhammad,
Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi.