Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2025   |   20 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:03
Quyosh
05:31
Peshin
12:33
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:49
Bismillah
14 Avgust, 2025, 20 Safar, 1447

Tik turib suv ichishning hukmi

15.02.2024   1108   6 min.
Tik turib suv ichishning hukmi

Cavol: Tik turib suv ichish haqida turli gaplar yuradi. Ayrimlar mumkin desa, yana boshqalar mumkin emas, deyishadi. Shu haqida ma'lumot bersangiz.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.

Hadisi shariflarga murojaat qilinadigan bo'lsa, har ikki holatga ham dalillar bo'lgani uchun turli gaplar aytilgan bo'lishi tabiiy. Alloh taolo ulamolarimizdan rozi bo'lsin, ular bizga omonat sifatida har ikki ma'noga dalil bo'luvchi hadislarni ham etkazib berishgan. Ularning ayrimlarida tik turib suv ichishdan qaytarilgan bo'lsa, boshqa hadislarda uni joiz deyilgan.

Ulamolarimiz mazkur hadislarni to'plab, xulosasini aytishgan. Jumladan “Raddul muhtor” kitobida quyidagilar kelgan: “Bilginki, Imom Buxoriy va Muslim kitoblarida ushbu hadislar kelgan: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Sizdan birortangiz tik turib (ichimlik) ichmasin. Kim unutib (ichib qo'ysa), qayd qilib yuborsin”, deganlar.

Boshqa hadisda Nabiysollallohualayhivasallamtikturibzamzamdanichdilar”, deyilgan.

Buxoriy rivoyat qilgan yana bir hadisda Ali roziyallohu anhu tahorat qilib bo'lgach, tahoratdan ortgan suvdan tik turgan holda ichdilarda, keyin Albatta, odamlartikturibichishnimakruhko'radilar. Nabiysollallohualayhivasallamxuddimenqilganimdekqilganlar”, dedi.

Ibn Moja va Termiziy Kabsha Ansoriyadan rivoyat qilgan hadisda Rasulullohsollallohualayhivasallamuningoldigakirdilar. Uning uyida mesh osilgan edi. U zot meshdan tik turib suv ichdilar. Kabsha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning og'izlari tekkan joyning barakasidan umid qilib, meshning og'zini kesib oldi”.

Shuning uchun ulamolar bu hadislarni jamlashda ixtilof qilishgan. Ba'zi olimlar “so'z bilan qaytarishlik amalda qilingan ishni nasx (bekor) qiladi” deyishsa, boshqalari buning aksini aytadilar. Yana boshqalar esa hadisdagi qaytariq tanzihiy (engil) ma'noda kelgan va ichib ko'rsatishlari esa bu ishning joiz ekanini bayon qilish uchun bo'lgan deyishadi. Imom Navaviy mana shu fikrni ma'qullagan. Alloma Tahoviy imom Sha'biy rahimahullohning “Tik turib suv ichishning makruhligi salomatlikka zararli bo'lgani uchundir”, deganlarini naql qilgan.

Ana shularga ko'ra tik turib suv ichish joiz bo'lsada, makruhi tanzihiy (engil makruh) bo'ladi. Bunday qilgan odam gunohkor bo'lmaydi, ammo o'tirib ichish uchun savob oladi va bir vaqtning o'zida tanasini zararlardan ham asragan bo'ladi. Vallohu a'lam. 

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim

14.08.2025   714   1 min.
100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim

#Sayyor_yig‘ilish

Shu yil 12 avgust kuni Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi mas’ul xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari, ulamolar, otinoyilar hamda «Haj 2025»da hajga borgan hoji otalar va hoji onalar ishtirok etishdi.

Dastlab Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kun davomida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami, Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar hamkorligining muhim jihatlari xususida yig‘ilganlarga tushunchalar berdilar.

Shundan so‘ng tumandagi barcha masjidlar imom-xatiblari hojilar bilan birgalikda hududdagi mahallalarga chiqib, yuzga yaqin xonadonga kirishdi.

Tadbir doirasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

Adashib turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar bilan ham yakkama-yakka suhbatlar olib borildi. 

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yurtimizda inson qadri, sha’ni ulug‘ ekanini, odamlarga yaxshilik ulashib yashash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrashdir.

100 ta oilaga kirish 100 xil muammo va shuncha yechim degani.

Tadbir ishtirokchilari yana «Niyozmat ota» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ishlarni o‘rtaga tashlab, kelgusidaig rejalarni belgilab olishdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

 

100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim 100 ta oila, 100 xil muammo va 100 xil yechim
O'zbekiston yangiliklari