Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2025   |   13 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:56
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2025, 13 Sha`bon, 1446

Qorilar musobaqasidan lavha: Mehriddin qori Xuliyev

15.02.2018   3603   1 min.

O‘MI Matbuot xizmati

Videolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Islom san’ati to‘plamlari bo‘yicha eng yirik muzeylar beshtaligi

12.02.2025   364   3 min.
Islom san’ati to‘plamlari bo‘yicha eng yirik muzeylar beshtaligi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi dunyodagi islom san’ati to‘plamlari mavjud muzey, markaz, kutubxona kabi joylarda bo‘lib, islom sivilizatsiyaga oid kolleksiyalar bilan tanishmoqda. Markaz quyida islom san’ati to‘plamlari bo‘yicha eng yirik muzeylar beshligini taqdim etadi:

1. Islom san’ati muzeyi (Qohira, Misr)

Qohiradagi Islom san’ati muzeyi dunyoning eng ulkan muzeylaridan biridir.  U o‘zining noyob va kamdan-kam uchraydigan yog‘och ishlovlari, artefaktlar, keramikalar, shisha, kristallar va matolar bilan butun islom dunyosidan to‘plangan buyumlar bilan mashhur. Yillar davomida muzeyda 2500 dan ortiq artefaktlar 25 galereyada namoyish etilgan bo‘lsa-da, muzeyda 102 000 dan ortiq buyum mavjud. Eng muhim artefaktlardan biri — Qur’onning noyob qo‘lyozmasi bo‘lib, ba’zi qismlarida kumush siyoh bilan yozilgan kaligrafiya mavjud.

2. Islom san’ati muzeyi (Doha, Qatar)

Qatarning poytaxti Doha shahrida joylashgan ushbu muzey 1980 yillarning oxirlaridan boshlab to‘plangan artefaktlar bilan tanilgan. Ushbu muzeyda dunyodagi eng katta islom san’ati kolleksiyalari jamlangan bo‘lib, bu muzey 1400 yil davomida uch qit’ada musulmon san’ati va artefaktlarini namoyish etadi. Ba’zi artefaktlar Ispaniya, Iroq, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr va Markaziy Osiyodan keltirilgan. Muzeyda VII asrdan XIX asrgacha bo‘lgan metall ishlovlari, keramika, zargarlik buyumlari, yog‘och ishlovlari, matolar va shisha asarlarini o‘z ichiga olgan ijod namunalari namoyish etiladi.

 

3. Og‘a Xon muzeyi (Toronto, Kanada)

Bu muzeyda islom san’ati hamda Eron san’atiga doir noyob topilmalar jamlangan va u Toronto shahrida joylashgan. Muzeyda islom tarixining barcha davrlaridan olingan san’at asarlari va meroslarining to‘plami mavjud. Og‘a Xonning shaxsiy to‘plamlari, Londonning Islom tadqiqotlari instituti va Sadriddin Og‘a Xonning oilaviy to‘plamlari ham shular jumlasidan. Artefaktlar orasida keramika, metall ishlovlari va rasmlar mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, muzeyda Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining eng qadimgi nusxasi (1052 yil) va IX-X asrlarga oid Qur’oni Karimning sahifasi saqlanadi.

 

4. Turk va Islom san’ati muzeyi (Istanbul, Turkiya)

Istanbulning Fotih tumanida joylashgan ushbu muzey 1524 yilda qurilgan va avval Pargali Ibrohim Poshshoning saroyi bo‘lgan. Muzeyda muhim islom xattotlik san’ati, plitkalar, gilamlar va turli turk madaniyatlarini namoyish etuvchi etnografik ko‘rgazmalar mavjud. Turli davrlar va mintaqalardan bo‘lgan turar-joylar rekonstruksiya qilinib, ko‘rgazmalarda namoyish etilgan.

 

5. Pergamon muzeyi (Berlin, Germaniya)

Pergamon muzeyi Berlin shahrida joylashgan bo‘lib, 1910-1930 yillarda qurilgan. Muzey ikki qismga bo‘lingan: Yaqin Sharq muzeyi va Islom san’ati muzeyi. Har yili bir milliondan ortiq odam muzeyga tashrif buyuradi. Muzey Germaniyadagi eng ko‘p tashrif buyurilgan san’at muzeyi sifatida e’tirof etiladi. Muzeyda VII-XIX asrlar orasidagi artefaktlar, Ispaniyadan Hindistongacha bo‘lgan mintaqalardan keltirilgan. Eng mashhur artefaktlardan biri — Mshatta fasadi, bu sahrodagi saroy devorining bir qismi bo‘lib, Iordaniya janubida joylashgan. 

Manba (https://rahyafteha.ir/en/14721/5-museums-with-the-largest-collection-of-muslim-art/)

Islom sivilizatsiyasi markazi

Axborot xizmati

Islom san’ati to‘plamlari bo‘yicha eng yirik muzeylar beshtaligi Islom san’ati to‘plamlari bo‘yicha eng yirik muzeylar beshtaligi Islom san’ati to‘plamlari bo‘yicha eng yirik muzeylar beshtaligi Islom san’ati to‘plamlari bo‘yicha eng yirik muzeylar beshtaligi
Maqolalar