Bizning oilamizda har oyda bir marta imtiyozli kun bo'ladi. Har oyning boshida shu kunni qaysi sanada o'tkazishimizni belgilab olamiz. O'sha kun kelishidan avvalroq barcha oila a'zolarimiz bilan bir dasturxon ustiga yig'ilib, bayram kunini qanday o'tkazishni muhokama qilamiz. Farzandlarimizning fikrlarini tinglaymiz. Bayram kuni dasturxon ham boshqacha bo'ladi. Turli lazzatli taomlar, salatlar, shirinliklar pishiramiz. Ba'zida esa biror joyga ayglangani chiqamiz, shahar aylanamiz. Oilaviy qiziq-qiziq suhbatlar quramiz, latifalar aytib kulishamiz. Hullas, vaqtimizni chog' o'tkazishga harakat qilamiz.
Farzandlarimiz biroz ulg'ayishgach, bu kunni o'tkazishni musobaqaga aylantirib yubordik. Har doimgidek, bu kunni o'zgacha ruhda, ko'tarinki kayfiyatda o'tkazamiz. Lekin oldingidan farqi shuki, endi kunni qanday o'tkazishimizni farzandlarimiz aytishadi. Ularning har birini navbat bilan shu kunni o'tkazishga mas'ul rahbar qilib qo'yamiz. Ular rahbar bo'lganlarida oilamiz kunni qanday o'tkazishi, nima taomlar pishilrilishi, qanday joylarga aylanishga borishimizni, bularning har biriga qancha vaqt sarflashimizni o'zlari belgilashadi.
Keyin kimning kuni eng mazmunli o'tgani, kimning kunida oilamiz miriqib dam olganini muhokama qilamiz. Ovoz berish yo'li bilan bir farzandimizni tanlaymiz. G'olib bo'lgan bolamizga katta mukofot beramiz. Shunday qilib har 4-5 oyda bir farzandimiz katta mukofotga sazovor bo'ladi.
Bu kun oilamizga qaytadan jon kiritgandek bo'ladi. G'am-tashvishlarimizni, charchoqlarimizni oila davrasida chiqaramiz. Bu kuni farzandlarimiz bilan ko'proq muloqot qilish, ular bilan turli mavzularda ko'plab fikrlar almashish imkoniyati tug'iladi. Farzandlarimiz bilan oramizdagi muhabbat ziyodalashadi. Agar oilamizda qandaydir muammolar bo'lsa, o'sha muammolarni shu kuni hal qilib olishimiz ham mumkin bo'ladi.
Oilamizning bayrami haqida bolalarim qo'shnilarning farzandlariga aytib berishibdi. Ular uyga kirib ota-onalariga bizning oilaviy bayramimiz haqida aytib berishganida bu oilaviy an'anamiz ularga ham ma'qul kelibdi. Sekin asta qo'shnilarimizning ko'pchiligi o'z oilalarida mana shunday xos kunni belgilab, bayram qiladigan bo'lishdi. Hatto bu narsadan qarindoshlarimiz, do'stlarimizning oilalari ham benasib qolishmadi. Hammalari o'z oilalarida mana shunday kunni belgilab bayram qilishni yo'lga qo'yib olishdi.
Hozirgi kunda hamma ish, o'qish bilan band bo'lib, oilasiga vaqt ajrata olmayyotganidan, farzandlari bilan orasi uzoqlashib ketayotganidan shikoyat qiladi. Tezlashib ketgan asrimizda bu narsa tabiiy hol bo'lib qoldi. Bizning xos bayram qilish fikrimiz mana shu muammoning muolajasi bo'lsa, ko'plab oilalarga foyda keltirsa ajab emas.
Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati