O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi idora bosh huquqshunosi Alisher A'zamovga amakisining hamda idora matbuot kotibi Abdulqayyum Ismoilovga ammasining vafoti munosabati bilan ularga va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhum va marhumalarning barcha solih amallarini o'zlariga hamroh aylab, O'z mag'firatiga olsin. Haq taolo marhumlarning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi nomidan Alisher A'zamovga va Abdulqayyum Ismoilovga, ularning oila a'zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
*Otaxonning janozalari bugun peshin namozidan so'ng Toshkent shahar Olmazor tumanidagi "G'oyib ota" masjidida o'qiladi.
Manzil https://maps.app.goo.gl/WwAq3XxUwQaTGTW2A
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
«Musibat etganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati