Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Zuhdu zohidlik nima?

13.02.2018   7266   1 min.
Zuhdu zohidlik nima?

Savol: Zuhd, haqiqiy zohidlik nima degani?

Javob: “Zuhd” biror narsadan yuz o‘girish ma’nosini anglatadi. Abu Idris Havoloniy zuhd haqida bunday deganlar: “Haqiqiy zohid halol narsani o‘ziga harom qilmaydi, dunyodan voz kechmaydi. Balki o‘z qo‘lidagidan ko‘ra, Alloh taoloning huzuridagiga ishonadi, yetgan biror musibat evaziga ajru savob umid qilib, yanada xotirjam bo‘ladi”.

Abu Sulaymon Dorimiy: “Biror kishining zohirini ko‘rib, zohid ekan, demagin. Chunki zuhd qalbda bo‘ladi”, deganlar. Hasan Basriy rahmatullohi alayh: “Zuhd kishi biror odamni ko‘rganida uni o‘zidan afzal bilishidir”, deganlar. Imom Ahmad rahmatullohi alayh: “Dunyo borasida zohidlik orzularning qisqaligi va odamlar qo‘lidagi narsalardan tama qilmaslik”, deganlar.

Demak, haqiqiy zuhd hamma narsadan yuz o‘girib yashash emas, balki mol-dunyoga muhabbat qo‘ymaslik, qo‘ldan ketganiga qayg‘urmay, yetgan aziyatga sabr bilan Alloh taolodan savob umid etish, erishgan yutuqlari uchun Alloh taologa hamd aytib, yana savob umid qilishdir.

“So‘ragan edingiz” kitobidan

O‘MI Matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   311   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar