Bugun, 13 fevral kuni Toshkent shahridagi "Mumtoz" tantanalar saroyida o‘tkazilayotgan Qur’on musobaqasining tuman-shahar saralash bosqichi o‘zgacha kayfiyat va shukuh bilan davom etmoqda.
Buni musobaqa bo‘lib o‘tayotgan maskanga yuzlab muxlislarning tashrif buyurganidan kuzatish mumkin. Saroyda tayyorlangan o‘rindiqlar tashrif buyurganlarga yetmaganidan, Qur’on muxlislari turib kuzatishga ham rozi bo‘lmoqdalar.
Shayxontohur tumanida tashkil etilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqani onlayn tarzda minglab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham kuzatmoqdalar. Ular tomonidan bildirilayotgan fikrlar esa O‘zbekiston Qur’on musobaqasiga yuqori baho ekanidan dalolat beradi.
Qoriyalarimizga Allohning rahmati bo‘lsin! Bizni kuzatishda davom eting.
O‘MI Matbuot xizmati
أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ
"Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash" (An’om surasi, 90-oyat).
Allohim! Sen buyurganingdek namozni ado qilolmayapman.
Dovudning ro‘zasidek ro‘za tutolmayapman.
Xasta bo‘lsam, Ayyubdek sabr-toqat qilolmayapman.
Yunus nahang ichra tasbeh aytgani kabi senga tasbeh aytolmayapman.
Yahyo kabi dinimda sobit turolmayapman.
Yusuf o‘z nomusini saqlagani kabi men ko‘zimni saqlay olmayapman.
"Boraveringlar, sizlar ozodsizlar" degan so‘zga ham loyiq emasman.
Ammo... ammo men ham ular kabi Seni yaxshi ko‘raman, yo Allohim!
Sharqoviy. "Qurondan maktublar".