Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

“Halol turizm” sohasida O‘zbekistonning reytingini yaxshilash uchun nima zarur?

12.02.2018   7379   2 min.
“Halol turizm” sohasida O‘zbekistonning reytingini yaxshilash uchun nima zarur?

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tarixiy qadamjolari, turli din vakillarining ahil yashashi bilan sayyohlar orasida mashhur. Biroq ushbu salohiyatning o‘zigina millionlab sayyohlarni mamlakatimizga jalb etish uchun yetarli emas. Buni O‘zbekistonga 2016 yilda 2 milliondan ortiq, 2017 yilning birinchi yarmida esa 1 million 125 ming nafar sayyohning tashrif buyurganidan kuzatish mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda islom diniga e’tiqod qiluvchi 1,6 milliard aholi istiqomat qiladi, shundan qariyb 150 millioni har yili sayohat qiladi. 

Mamlakatimizga har yili 10 millionga yaqin sayhlarni qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun esa,  O‘zbekistonda sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Hamyonbop turar joylar va ovqatlanish shahobchalarini qurish, transport harajatlarini yanada kamaytirish, kamchiqimlikni xush ko‘ruvchi, isrof qilishni yomon ko‘ruvchi musulmon kishini O‘zbekistonga chorlaydi. 

“Halol sayohat” bo‘yicha “Crescent Rating” tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingda O‘zbekiston 28 pog‘onani egallagan. Bu 2017 yildagi holat. Reytingda mamlakatimizga “xavfsiz sayohat” (84.0), “Ibodatxonaga kirish erkinligi” (80.0), “Ovqatlanish imkoniyatlari va kafolatlari” (70.0) yo‘nalishlarida yuqori baholangan. 

Biroq, “Oilaviy ta’til” (44.4), “Sayyohlarning kelishi” (21.2), “Aeroport imkoniyatlari” (48.3), “Yashash sharoitlari” (33.2), “Kommunikatsiya imkoniyatlari” (19.0), “Viza” (50.0), “Musulmonlar uchun imkoniyatlar” (25.0) yo‘nalishida esa o‘rta va quyi darajada baholangan. 

Ushbu raqamlarni yaxshilash uchun esa quyidagi faoliyatni amalga oshirish zarur:

- musulmon mamlakatlari aholisi uchun “halol turizm” sayyohlik tur-paketlarini taqdim qilish;

- ovqatlanish shohobchalarini “Halol” sertifikatlash tizimini joriy etish;

- oilaviy sayohat qilish imkonitlarini yaratish;

- xalqaro va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan aeroportlar imkoniyatini kengaytirish va ularning har birida namozxonalar va halol ovqatlanish uchun maxsus joylar ajratish;

- Halol mehmonxona va halol mehmon uylarini yaratish maqsadga muvofiqdir. 

2018 yil yakunlari bo‘yicha ushbu reyting yaxshilanishiga umid bor, sababi O‘zbekiston 7 mamlakat fuqarolari uchun viza tizimini bekor qildi. Ularning ko‘pchiligi esa musulmon mamlakatlar hichoblanadi. Ziyorat turizmini yanada rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyoti va uning ravnaqi uchun ham muhim o‘rin tutadi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

17.08.2026   11152   1 min.
Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.

Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.

Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar