Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyun, 2025   |   11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:57
Xufton
21:34
Bismillah
07 Iyun, 2025, 11 Zulhijja, 1446

Toshkent shahrida Qur’on musobaqasi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishing

09.02.2018   4864   2 min.
Toshkent shahrida Qur’on musobaqasi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishing

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika Qur’on musobaqasi Toshkent shahrida yaqin kunlarda boshlanadi. 

O‘MI Toshkent shahar vakilligi tomonidan musobaqaning dastlabki saralash bosqichi o‘tkaziladigan joylar haqida ma’lumot berildi. 

Toshkent shahri bo‘yicha musobaqaning tuman bosqichlarida jami 486 kishi ishtirok etadi. Ulardan 302 erkak, 184 ta ayol-qizlar tashkil etadi. 

  1. Shayxontohur tumani qatnashchilari uchun: 

Erkaklar

“Ko‘kcha” masjidi 13fevral 9:00da; 

Ayollar

“Mumtoz” to‘yxonasi 13 fevral 10:00da. 

  1. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek , Yakkasaroy tumanlari qatnashchilari uchun: 

Erkaklar

“Minor” masjidi 14 fevral soat 9:00da; 

Ayollar

“Osiyo” to‘yxonasi 10:00da. 

  1. Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Sergeli tumanlari qatnashchilari uchun: 

Erkaklar

“Xolid ibn Valid” masjidida 14 fevral soat 9:00da; 

Ayollar

“Yakkasaroy” to‘yxonasi, 14 fevral, soat 10:00da. 

  1. Uchtepa, Chilonzor tumanlari qatnashchilari uchun: 

Erkaklar

“Bisyor” to‘yxonasi, 14 fevral, soat 9:00da; 

Ayollar

“Bisyor” to‘yxonasi, 15 fevral, soat 9:00da. 

  1. Olmazor tumani qatnashchilari uchun: 

Erkaklar

“Hazrati Imom” masjidi, 15 fevral, soat 9:00da; 

Ayollar

“Farovon” to‘yxonasi, 14 fevral, soat 10:00da bo‘lib o‘tadi. 

Qur’on musobaqasini portali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   5115   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar