Asarda fitnaning mohiyati, keltirib chiqaruvchi omillar, uning ofatlari va oldini olish yo'llari har bir kitobxonga tushunarli shaklda yozilgan.
Mazkur risola o'zi mo''jazgina bo'lishiga qaramay, fitnalarga oid juda ko'p, xilma-xil mavzularni qamrab olgani, o'zbek tilida hali yoritilmagan noyob ma'lumotlar ifoda qilingani bilan yanada ahamiyatlidir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Fazilatli Shayx Abdulloh Sirojuddin rahimahullohdan: "Alloh taoloning "As-Somad" ismini zikr qilishda adad bormi?" deb so‘rashdi. U zot: "Hojatlarni ravo bo‘lishi uchun saharda (125) bir yuz yigirma besh marotaba zikr qilinadi", deb javob berdilar.
Alloh taoloning "As-Somad" ismining ma’nosi: "Barcha mahluqotlar Unga yuzlanadigan va bandalari barcha diniy va dunyoviy muhim ishlarida Uni qasd qiladigan Zotdir. U ulug‘ sifatlari kengdir. Barcha mahluqotlarni Unga hojati tushadigan, butun borliq Uni qasd qiladigan Zotdir. Ularning barcha ishlarida undan o‘zga Robb yo‘qdir", demak.