Sariosiyo tumanidagi “Nilu” qishlog‘i aholisi 2070 nafardan kishidan iborat bo‘lib, qishloq markazida “Sarihavz” nomi bilan mashhur ziyoratgoh (majmua) bor, uning ikkinchi nomi “Bahouddini balogardon”. Bu muborak qadamjo Bahouddin Naqshband hazratlarining qadamjolari bo‘lib, mazkur majmuaga masjid binosi (juda ko‘rkam), hovuz (suvi tiniq, sof, shirin, qishda iliq, yozda sovuq, Nilu qishlog‘ining aholisi uchun yagona ichimlik manbai), tut va chinor (aylanasi 35-36 metr, balandligi 70 metr va O‘rta Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadigan) tabarruk daraxtlari kiradi.
Bugun mazkur masjid rasman ish faoliyatini boshladi. Ushbu masjidning ochilishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi. Endilikda ushbu hududdagi aholining bir necha km uzoqlikdagi masjidlarga qatnashiga zarurat qolmadi.
O‘mi Matbuot xizmati
Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi.
Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati