Bugun, 4 fevral kuni “O‘ZBЕKISTON QUR’ON MUSOBAQASI-2018” buyuk alloma Husomiddin Axsikatiy, tasavvuf namoyandalari Boborahim Mashrab, Majzub Namangoniy tavallud topgan, Namangan viloyatida boshlanadi.
Musobaqa 4-6 fevral kunlari 4 hududga bo‘lingan holda Namangan shahridagi “Imom A’zam” jome’ masjidi, Uychi tumanidagi “Xudoyberdi eshon” jome’ masjidi, Yangiqo‘rg‘on tumani “Qulluqtol” jome’ masjidi va Chust tumani “Mavlono Lutfulloh” jome’ masjidlarida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa belgilangan barcha hududlarda tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda olib borildi. Namangan viloyatida musobaqaning dastlabki saralash bosqichida 363 nafar erkak va 223 nafar ayol-qizlar, jami 586 kishi ishtirok etadi.
Qur’on musobaqasini biz bilan kuzatib boring!
O‘MI Matbuot xizmati
Ibn Qoyyim rahimahulloh: “Juma kunida sadaqa berishning haftaning boshqa kunlariga nisbatan fazli, Ramazon oyida sadaqa berishning boshqa oylarda sadaqa berishga nisbatan fazli kabidir”, dedi.
Juda oz bo‘lsa ham, kuniga sadaqa qilishni odat qil. Chunki sadaqa:
• Allohning g‘azabini o‘chiradi;
• kasallikka davo bo‘ladi;
• mol-mulkingni poklaydi;
• Qiyomat kuni soya bo‘ladi;
• inson vafotidan keyin ham ajr-savobni ko‘paytirib turadi.