Alloh taolo O‘zining cheksiz marhamati va rahmati tufayli bashariyatga payg‘ambarlar yuborgan.
Qur’oni karimda nomlari zikr qilingan payg‘ambarlar quyidagilar:
1. Odam (alayhissalom).
2. Idris (alayhissalom).
3. Nuh (alayhissalom).
4. Hud (alayhissalom).
5. Solih (alayhissalom).
6. Ibrohim (alayhissalom).
7. Lut (alayhissalom).
8. Ismoil (alayhissalom).
9. Is'hoq (alayhissalom).
10. Ya’qub (alayhissalom).
11. Yusuf (alayhissalom).
12. Ayyub (alayhissalom).
13. Shuayb (alayhissalom).
14. Muso (alayhissalom).
15. Horun (alayhissalom).
16. Yunus (alayhissalom).
17. Dovud (alayhissalom).
18. Sulaymon (alayhissalom).
19. Ilyos (alayhissalom).
20. Al-Yasa’ (alayhissalom).
21. Zakariyo (alayhissalom).
22. Yahyo (alayhissalom).
23. Zulkifl (alayhissalom).
24. Iso (alayhissalom).
25. Muhammad (alayhissalom).
Qur’onda bor-yo‘g‘i yigirma besh payg‘ambarning nomi zikr qilingan. Bu degani faqat yigirma besh payg‘ambar haq, degani emas. Ularning soni qat’iy bir adad bilan chegaralanmaydi. Biz barcha payg‘ambarlarga imon keltiramiz.
O‘MI Matbuot xizmati
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati