Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Mart, 2025   |   13 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:20
Quyosh
06:38
Peshin
12:37
Asr
16:41
Shom
18:30
Xufton
19:43
Bismillah
13 Mart, 2025, 13 Ramazon, 1446

Mo‘min kim?

30.01.2018   8208   1 min.
Mo‘min kim?

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: 

Mo‘min barcha insonlarning ishonchli kishisidir”. 

Mo‘min mo‘minning ko‘zgusidir. Va mo‘min mo‘minni orqasidan ham himoya qiladigan va uni qo‘llab quvvatlaydigan birodaridir”.

Mo‘minlar bir-biriga yopishgan imorat kabidir”.

Mo‘min kishi do‘st bo‘ladi va do‘st tutiladi. Do‘stlasha olmaydigan va do‘st tutilmaydigan kishida xayr-yaxshilik yo‘qdir. Insonlarning xayrlisi insonlarga foydasi tegadiganidir”. 

Mo‘min kishi g‘ayratli-rashkli bo‘ladi. Alloh taolo esa eng g‘ayratli- rashklidir”. 

Mo‘min kishi juda zakovatli, qobiliyatli, ziyrak va hushyordir”. 

Mo‘min gunohiga tavba qilguvchidir”.

Mo‘min banda ikki xavf o‘rtasidadir. Birinchisi: o‘tgan gunohlaridan qo‘rqadiki, ularni Alloh nima qilganini bilmaydi. Ikkinchisi: umrining qolgan qismida boshiga nima halokatlar kelishini bilmaydi”.

Mo‘minning yelkasi yumshoq bo‘ladi, birodariga kenglik qiladi, munofiq esa to‘ngdir, birodariga tanglik qiladi. Mo‘min avval salom beradi, munofiq esa menga salom bersin deb turaveradi”. 

“Haqiqiy mo‘min birovga og‘irligi tushmaydigan kishidir”. 

“Insonlar mollari va jonlarini ishonib topshiradigan kishi haqiqiy mo‘mindir”. 

“Insonlarga aralashib yuradigan va ularning aziyatlariga sabr qiladigan mo‘min kishi, odamlarga aralashmaydigan va ularning aziyatlariga sabr qilmaydigan mo‘min kishidan afzalroqdir”.

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu yilgi Ramazon mening hayotimda...

7.03.2025   14987   2 min.
Bu yilgi Ramazon mening hayotimda...

Mening hozirgi kasbim haydovchilik. Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidan Toshkent shahriga qatnayman. Har yili Ramazon oyi kelishi bilan meni biroz o‘y bosardi. Sababi – poytaxtga kelib, bu yerdagi masjidlarda o‘qiladigan xatmi Qur’onlarda qatnashgan chog‘larim ruhim tiniqar, toliqsam-da, o‘zimni tetik his etardim. Ammo, bir kun shaharda, boshqa kuni qishloqda bo‘lishga to‘g‘ri kelar, qishlog‘imiz masjidida esa tarovihning o‘zi o‘qilardi. Har kuni xatmga qatnasholmaganimdan dilim g‘ash bo‘lardi.
 

Alhamdulillah, bu yilgi Ramazonda bizning qishloqdagi “Chim” jome masjidida imomimiz Abdulaziz domla Abdullayev boshchiligida ham xatmi Qur’on bo‘layotir. Yosh va g‘ayratli uch nafar qori dovon osha voha ahlini Qur’on fayzidan bahramand etish uchun yuborilibdi. To‘g‘risi, esimni taniganimdan beri qishlog‘imizda tarovihlar o‘qilar, ammo biror marta xatmi Qur’on o‘qilmagan. Bundan juda mamnun bo‘ldim. Endi shaharda bo‘lamanmi, qishloqdami – Qur’on xatmini kelgan joyidan tinglab, jamoat namozi fayzidan bahramand bo‘lyapman.
 

Kasb taqozosi bilan turli tabiatli odamlarni uchrataman. Ba’zilar bilib-bilmay zamondan nolib qolishadi. Shunday paytlarda tinchlik, sog‘lik, ofiyat kabi katta ne’matlar qatorida qishlog‘imizda boshlangan xatmi Qur’onlar yurtimiz bo‘ylab bir ming yetti yuzdan ortiq masjidlarda birday o‘qilayotgani ulug‘ ne’mat, deb o‘ylayman. Men uchun katta xursandchilik bo‘lgan ushbu xayrli ishning amalga oshirilishida tashabbus ko‘rsatib, hissa qo‘shgan barchaga, xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.
 

Insha Alloh, Qadr kechasida bir vaqtning o‘zida xatmonalar qilinib, duolar qilinar ekan. Yurtimiz masjidlari qatorida biz ham hamqishloqlarimiz bilan qo‘llarimizni ochib, “omin” deyish niyatidamiz.
 

Alloh o‘sha kunlarga ham sog‘lik-omonlikda yetkazib, xatmonalar, duolar sharofatidan Vatanimizga fayzu barakasini mo‘l-ko‘l yog‘diraversin.

Omonbek Toshniyozov,

Qamashi tumani, Chim qishlog‘i