29 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Qur’on musobaqasining tuman-shahar saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.
“Imom Buxoriy” jome’ masjidida o‘tkaziladigan saralash musobaqasida 60 dan ortiq qorilar ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida tashkil etilgan Qur’on musobaqasining erkaklar o‘rtasida o‘tgan saralash bosqichi natijalari bilan tanishing.
Hifz yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Saidqulov Aliasqar
2. Murtazoyev Muhammadsodiqxon
3. Mirzaqulov Jaloliddin
3. To‘raqulov Muhammad
26-40 yosh
1. Egamberdiyev Sayfullo
2. Abdusalomov Baxtiyor
3. Karamatov Muhammadhusayn
Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari berildi.
Bizni muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
O‘MI Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Duoning eng yaxshisi arafa kunidagi duodir. Men va mendan oldingi Payg‘ambarlar aytgan so‘zning eng yaxshisi "Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr" deb aytishdir", deganlar.