Bugun, 29 yanvar kuni Qur’on musobaqasi Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘tkazilmoqda.
Denovdagi Imom Buxoriy jome’ masjidida o‘tkaziladigan saralash musobaqasida 30dan ortiq qoriyalar ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida tashkil etilgan Qur’on musobaqasining ayollar o‘rtasida o‘tgan saralash bosqichi natijalari bilan tanishing.
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Sayfiddinova Shaxnoza
2. Zayniyeva Omina
3. Mutalibxonova Zuhraxon
26-40 yosh
1. Jamilova Dilfuza
2. Jamilova Shoista
3. Mamatrahimova Maxfirat
Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari berildi.
Bizni muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jannatga kirdim va uning eshigida sadaqa o‘n (barobar savob), qarz esa o‘n sakkiz (barobar savob) bilan (mukofotlanadi) degan yozuvni ko‘rdim. Shunda "Ey Jabroil, qanday qilib sadaqa o‘n, qarz o‘n sakkiz barobar bo‘ladi?" dedim. Jabroil alayhissalom: "Chunki sadaqa boyning ham, faqirning ham qo‘liga tushaveradi. Qarz esa, faqat muhtojning qo‘liga tushadi", dedi.