Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2025   |   23 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:34
Peshin
12:32
Asr
17:18
Shom
19:23
Xufton
20:43
Bismillah
17 Avgust, 2025, 23 Safar, 1447

Ikki ilm

26.01.2018   4486   3 min.
Ikki ilm

Har bir jamiyatning taraqqiyot asosida ilm turadi. Ilmsizlik esa uni qoloqlik va jaholatga yetaklaydi. Ilgari ilmni diniy yoki dunyoviy degan turga ajratilmagan. Fiqh, tafsir va boshqa diniy ilmlar qatorida olam va borliq jumboqlarini kashf etish, koinotning sirli tilsimlarini ochish maqsadida dunyoviy fan sohalari bilan shug‘ullanilgan. O‘sha vaqtda qaysi ilmga zarurat paydo bo‘lsa, o‘sha ilmni o‘rganishni olimlar o‘zlarini burchli deb bilganlar.

Payg‘ambarimiz alayhissalom “Oxirat uchun dunyoni tark etgan kishi yoki dunyo uchun oxiratni tark etgan kishi sizlarning yaxshilaringiz emas. Lekin yaxshilaringiz unisidan ham, bunisidan ham olgan kishidir”, deganlar. Shundan ham bilamizki, dunyoviy ilmni deb diniy ilmni, diniy ilmni deb dunyoviy ilmni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Diniy ilm sohasida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Zamaxshariy, dunyoviy ilmda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy va boshqa olimlarimiz jahonga tanildilar.  

Ilgari qaysi bir yurt yoki shaharda taniqli ilm dargohi yoki madrasa bo‘lsa, o‘sha yurtga ilmsevar talabalar otli-piyoda yetib borganlar va taniqli olimlar huzurida tahsil olganlar. Buning oson emasligini Navoiy bobomiz quyidagicha tasvirlaydi:

Egnida avroqu kitobi aning,

Qilg‘ali tahsil shitobi aning.

Qushdek o‘lub sayr muyassar anga,

Egnida avroqi bo‘lub par anga.

Hozirgi vaqtda ham diniy, ham dunyoviy ilm sohalarini o‘rganishga yurtimizda shart-sharoit va imkoniyatlar yetarli. Oldingi ajdodlarimiz har ikki ilm sohasini teran o‘rganib, har ikkisida ibrat va namuna bo‘lganlaridek,  ilm yo‘lida fidoyilik bilan tahsil olinsa, bundan xalqimizga katta manfaatlar yetadi. 

Oldingi ajdodlarimiz  ham dunyoviy, ham diniy ilm sohalarida olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirganlarini ko‘p gapirib, faxr-iftixor bilan tilga olamiz-u, lekin nega bu an’ana davom etmasdan olis tarixda qolib ketgani, buning asl ildizi nimadan iboratligi xususida o‘ylab ko‘rmaymiz.”Aniqki, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas” (Ra’d, 11-oyat), degan oyati karima xususida teranroq mulohaza yuritsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. O‘z yurtimizda keyingi bir-ikki asr davomida boshqa yurtlardan keltirilgan oddiy texnika va jihozlarni ko‘rganda yurtdoshlarimiz ancha vaqtlargacha uning oldiga borishga botinmaganini va toki ko‘zlari o‘rgangunicha odamlar anchagacha ajablanib yurganiga nima deysiz?

Ayni vaqtda va imkoniyat borida g‘ayrat otini qamchilash kerakki, ilmning zabt etilmagan cho‘qqilarini egallashda ajdodlarimizdek g‘ayrat-shijoat bilan tadbir va tadorigini ko‘rish foydadan xoli emas. 

 

Bobomurod ERALI

tayyorladi

O‘MI Matbuot xizmati

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

11.08.2025   7459   2 min.
Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi:

«Hech shubha yo‘qki, Alloh taolo Toha va Yasiynni osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgan. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida, ushbu narsa nozil bo‘ladigan ummatga Tubo bo‘lsin! Ushbuni ko‘tarib yuradigan qalblarga Tubo bo‘lsin! Ushbu ila gapiradigan tillarga Tubo bo‘lsin!» degan».

Bag‘oviy rivoyat qilgan.

 

Sharh: Ushbu rivoyatda ham Qur’oni Karimning fazli qanchalar ulug‘ligini ko‘rsatuvchi ma’nolar kelmoqda. Albatta, bunda ham Qur’oni Karimni o‘rganishga, qiroat qilishga va amal qilishga targ‘ib bor.

Ushbu hadisi sharifda Qur’oni Karim nozil bo‘ladigan ummatga, Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga va Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» bo‘lishi xabar qilinmoqda. 

«Tubo» jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxshilik ma’nolarini anglatadi. Bularning hammasi ahli Qur’onga va’da qilinmoqda.

 

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Qur’oni Karimning fazilati ulug‘ ekani.

2. Alloh taolo Qur’oni Karimning Toha va Yasiyn suralarini osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgani. 

3. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida u nozil bo‘ladigan ummatga havas qilganlari. 

4. Qur’oni Karim nozil bo‘lgan ummat – Muhammad ummatiga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

5. Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi. 

6. Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

 

Hadis va hayot, 

“Qur’on fazilatlari” kitobidan.

Ibratli hikoyalar