Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2024   |   23 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2024, 23 Jumadul soni, 1446

Bola aziz, odobi esa...

24.01.2018   5682   12 min.
Bola aziz, odobi esa...

Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam:” Ota o‘z bolasiga chiroyli odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bera olmaydi”, dedilar.( Termiziy rivoyati)

Imom Bayzoviy “tarbiya”ni quyidagicha ta’riflaydi:

«Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga yetkazishdir». Farzand yoshgina nihol shuni sekin astalik bilan ota ona kamolotiga yetkazdirib meva beradigan daraxtga aylantirib  undan keyin uning mevasidan uning  hosilidan foyda ko‘radi va manfaatdor bo‘ladi. Aks holda farzandni yosh niholni o‘z holatiga qo‘yib qo‘ysa, yovvoyi o‘tlar atrofini o‘rab, uning kuch quvvatini so‘rib oladi, va unga yovvoyiligi tasir qiladi, borib borib eng zo‘r hosil berishi kerak bo‘lgan nihol, kelajakda yovvoyi bir daraxtga aylanadi. Hech qanday hosil bermaydi. Faqatgina soyadan o‘zga narsa emas. Soya esa oddiy ko‘lankada ham bo‘laveradi.

Rog‘ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi:

«Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o‘tkaza borib, batamomlik nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir».

E’tibor beradirgan bo‘lsak “Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir».                                                               Demak inson haqiyqiy komil inson bo‘lishi uchun uning dini ma’lum bo‘lishi kerak. Agar dini bo‘lmasa, qolgan ta’lim tarbiyasi o‘z samarasini bera olmaydi. Birinchi o‘rinda din va ana o‘sha dinga muvofiq olib borilayotgan ta’lim tarbiya tezda o‘z samarasini  beradi. Nafaqat bu dunyo balki oxiratta ham beradi. Dindan keyin fikriy, farzandlarni fikrini o‘stirib borish kerak. Zakovatini o‘stirib borish kerak. Buning uchun shariatimizda  topishmoqlar sifatida keltirilgan masalalar bor. Shunday afsonalar ertaklar bor hattoki, farzandlarni fikrlashlikka majbur qiladi. O‘sha topishmoqlarni topgan sari, hikoyalardagi mujmal bo‘lgan joylarni, mufassal qilishni o‘rgatib borilgan sari, farandlarning fikri zakovati ziyrakligi kundan kunga oshib boradi. Kelajakda hayotda qanchadan qancha topishmoqlarni insha Alloh bemalol javobini topa oladi. Qanchadan qancha muammolarni yechimini topa oladigan farzanlar bo‘lib yetishadi.

“Axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishdir”. Buni qaranga keyin axloqga e’tibor berilayapdi. Ming afsuslar bo‘lsinki hozir omma dunyo miqyosida axloq degan narsa unut bo‘lib borayapti. Ilmu ma’rifatga juda ham e’tibor kuchli, iloji boricha farzandlarga qancha mablag‘ sarflab bo‘lsa ham  ilmlik qilishga qiziqish  bor. Ammo axloqlik qilishlikka qiziqishlik yo‘q. Agar bor bo‘lsa ham, musulmonlardagina bor desak xato bo‘lmasa kerak. Undan tashqari “ uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‘stirishlik” deganda ham axloqni  o‘zicha belgilab olmaydi. Fikrni ham o‘zicha belgilab olmaydi. Balki shariatning chegarasidan chiqmagan holatda, muvozanat qilib mo‘tadil bir holatda, insonga zarar bermaydigan, haddan oshib ketmaslik va sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslikning o‘rtasida, muvozanatini, mo‘tadilligini o‘rtamiyonaligini  saqlagan holatda uning ta’lim tarbiyasini berib boradi, ana shunda Alloh hohlasa farzandlar kelajakda   komil insonlar bo‘lib yetishadi.

Tarbiya ikki xil bo‘ladi: Amaliy va nazariy.

Odatda tajriba sifatida hayotda sinovdan o‘tgan tarbiyaning eng foydalisi, bu amaliy tarbiyadir. Ya’ni inson to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi bajarib,  o‘zi namuna bo‘lib ko‘rsatib bergan tarbiya farzandlarga ham va hatto  katta talabalarga ham yaxshi tasir o‘tkazadi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nimaniki Alloh taolodan vahiy sifatida qabul qilib biz ummatlarga yetkazgan bo‘lsalar, hammasini  u  zotning  o‘zlari   hayotga tatbiq etganlar.  Shuning uchun  Abu Dardo roziyallohu anhu Oyisha onamiz roziyallohu anhodan  Rasululloh  sollallohu alayhi vasallamning xulqlari to‘g‘risida so‘raganlarida “ U zotning xulqlari Qur’ondir”, degan javobni olganlar.

Alloh taolodan ma’nolarini qabul qilib olib o‘z lafzlari bilan yetkazgan  hadisi shariflardagi hukmlarni ham, birortasini  qoldirmasdan o‘zlari amal qilganlar va bizlarga shuni namuna qilib qoldirganlar. Shuning uchun ham o‘sha davrda U Zoti bobarokotdan to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliy jihatdan ko‘rgan va unga taqlid  qilgan, ergashgan as'hobi kiromlar, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan soyama soya yurdilar,  qadamma qadam ergashdilar, U Zot nimani bajargan bo‘lsalar shu narsani hatto hikmatini surishtirib o‘tirmasdan ham amalga oshirdilar. Mana bu narsa haqiqatdan ham sahobayu kiromlarni o‘ta baxtiyor inson bo‘lib yetishmoqliklariga sababchi bo‘ldi. Demak azizlar hozirgi kunda har  bir sohada ,  hamma ustoz tutishga majbur, ustozsiz hechkim hech qaysi bir sohani mutaxassisi bo‘lolmaydi. Har bir sohadagi ustoz murabbiy, o‘zining sohasida shogirdlarni yetishtirib chiqarar ekan, birinchi o‘rinda ularga amaliy tarafdan namuna bo‘lishlari kerak. Qolaversa biror kasb yoki hunarni o‘rgatuvchi ustoz faqatgina kasbiy mahorat va uning sirlarinigina o‘rgatib qolmasdan avvalo, shu sohoga tegishli bo‘lgan shar’iy hukumlarni o‘rgatishi kerak. Zotan  har bir sohoning o‘ziga xos bo‘lgan shar’iy hukumlari bor. Agar ustoz o‘z shogirdiga mazkur hukumlarni o‘rgatmasa, undan boxabar qilmasa, shogird kelajakda o‘zi bilmagan holda shar’an harom bo‘lgan ish yoki narsalarga qo‘l urib qo‘yishi mumkin. Natija esa hammaga ma’lum. Kamida o‘sha ishida baraka bo‘lmaydi, boshiga har xil kulfatlar, ofatlar tushadi lekin, uning sababini bilmaydi. Tasavvur qiling, nonvoyga o‘z kasbidagi halol va haromni o‘rgatmasa nima bo‘ladi? Qassobgachi? Umuman olganda oziq ovqat mahsulotlariga tegishli  bo‘lgan sohada tirikchilik qilayotganlar halol va haromni farqiga bormasalar nima bo‘ladi? Xalqning xalqumi bulg‘anadi, jamiyatdan baraka qochadi, bu esa albatta birinchi o‘rinda yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oxiratdagi javobgarlik  esa hammaga ma’lum.

 Bu borada esa avvalo ota ona mas’uldir. Chunki Alloh taolo har bir farzandni sof islom fitratida yaratib so‘ngra, uning mas’uliyatini ota onaga yuklaydi. Demak ularning qanday, qachon, kimdan, qanaqa tarbiya olmoqligiga  ota onalar javob beradilar. Chunki farzand ko‘proq umrini ota ona bilan birgalikda o‘tqazadi. Va xossatan otadan ko‘ra ham ko‘proq ona bilan   birga  bo‘ladilar. Shuning uchun ham farzandlarning yoshlik davridagi tarbiyasi borasida otalarga nisbatan onalarning vaziyfasi mas’ulyati ko‘proq desak adashmagan bo‘lamiz. Xossatan qiz bolalarning  tarbiyasi borasida onalar hassos bo‘lishlari talab qilinadi. Farzandlarning yoshi kattalashib borgan sari ularga  nisbatan  otalarning mas’uliyatlari ham kattalashib boradi. Xossatan o‘g‘il bolalar uchun otaning tarbiyasi  alohida o‘rin tuta boshlaydi. Chunki o‘g‘il bola ulg‘ayib borgan sari uni  kelajakda vatan himoyachisi, o‘z oilasining qo‘rg‘oni, uning boquvchisi qilib xossatan yigitlarga xos bo‘lgan xususiyat va fazilatlar bilan tarbiyalash kerak. Bu borada albatta otalar asosiy rol o‘ynaydilar. Hikoya qilinishicha  yoshlari ancha o‘tib qolgan bir otaxon, Qur’oni karimni nihoyatda ko‘p o‘qir ekanlar, qachon qarasalar boshlarini  Qur’ondan ko‘tarmasdan,  tilovati Qur’on qilaverar ekanlar, lekin yoshlari o‘tib qolganliklari uchun  zehn, xotira sust bo‘lganligi tufayli yod olish qobilyati nihoyatda susayib qolgan,  o‘ta ko‘p takrorlasa ham yodlay olmas ekan.  Bir kuni yoshgina o‘g‘ilchasi otasini bu holda ko‘p mashaqqatlar evaziga Qur’on  tilovati qilayotganini ko‘rib o‘zicha otasiga mehribonlik qilib: otajon shuncha o‘qiysiz o‘qiysiz, lekin baribir yodlay olmaysiz, buni o‘qishdan nima foyda? Undan ko‘ra boshqa bir ish qilsangiz bo‘lmaydimi degan ma’noda otasiga mehribonlik qilibdi. Ota shu o‘rinda farzandga yaxshi amaliy tarbiya berishni maqsad qilib,  shunday debdi: “o‘g‘lim hu anavi ko‘mir tashiydirgan savatni olib kelgin”, debdi.O‘g‘il olib kelibdi. Shunda ota  “endi bor shu savat bilan anhordan suv tashigin debdi”. O‘g‘il hayron! Ota savatda suv tashib bo‘ladimi? So‘rabdi o‘g‘il. Shunda ota: “bolam sen aytganni qilaver savatni olginda borib anhordan suv tashigin”, debdi . Bola ham ha endi mayli otam aytdi qilsam qila qolay deb, savatni olib anhorga borib suvga botirib savatdagi suvni otalarini oldiga olib kelibdi. Qarasa savatda hech narsa yo‘q biror tomchi ham  suv qolmagan. Otaga termulib qarab tursa ota: “bor yana olib kel!” debdi. Bu holat bir necha marotaba takrorlanibdi. Lekin bola otaning oldiga bir tomchi ham suv olib kela olmabdi. Oxiri farzand charchagandan keyin otasiga debdi: “otajon shu befoyda ishni nima keragi bor?” Baribir savatda suv tashib bo‘lmasligini hammamiz yaxshi bilamizku?! Bunga hammani aqli yetadiku?! Bekorchi bunday mashg‘ulotni nima keragi bor?! Debdi. Shunda ota aytibdilar: “ha o‘g‘lim sen bu ishni bekorchi ish deb o‘ylayapsan, endi savatga bir qarachi?! Debdilar. O‘g‘il shundoq savatga qarabdi xo‘sh nima qilibdi? Ota: savatga yaxshilab e’tibor ber?!  Savat sen suv tashishni boshlashingdan avval qay holatda ediyu hozir qay holatda?! Bola shundoq savatga qaradiyu otajon bo‘ldi tushindim savat top tozo sof holatga aylanibdi dedi, shunda ota:” Ko‘rdingmi bolam! men ham Qur’onni har kun har soatda takrorlab yodlay olmasamda, gunohi ma’siyatlarim tufayli qorayib mog‘arlab ketgan qalbim  musaffo bo‘lib yarqirab jilolanib sekin astalik bilan nurga aylanadi. Shuning uchun men tilovati Qur’on qilaman, buni albatta yod olishlik shart emas, o‘qishlikni o‘zida ham savob va manfaat ko‘p o‘g‘lim” degan ekanlar. O‘g‘il shu zahoti uzr so‘rab otasi haq ekanini tan olgan ekan”.

Albatta bu borada hayotiy misollar nihoyatda ko‘p. Lekin maqsadimiz misollarni barchasini taqdim etish emas, balki eshitganimiz, o‘qiganimiz yoki guvohi bo‘lib ko‘rganimizdan  ibrat olib, ijobiysidan foydalanib, salbiy tarafidan saqlanishimiz lozimdir. Zotan insonning insoniyligi uning ma’lumotlarni ko‘p bilishida emas, balki bilganlariga qay darajada amal qilayotganiga qarab belgilanadi. Shuning uchun ham dunyoda diyarli hech qanday ma’lumoti  yo‘q bo‘lgan ota-onalar ozchilikni tashkil etadi. Ammo, hech bo‘lmaganda boshlang‘ich yoki o‘rta ma’lumotni egallaganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Balki ularning ichida bir necha foizi nafaqat oliy ma’lumotli , balki qanchadan-qancha ilmiy martabalarni egallab, ma’lum bir unvonlarga ham erishganlari bor. Lekin buning o‘zi bilan ish bitmas ekan. Chunki hozirgi kundagi eng katta illatlardan biri ta’limdan tarbiyani ajratib qo‘ymoqlikdir. Aslida esa tarbiyasiz yolg‘iz ta’limning o‘zidan kutilgan ijobiy natija olinmasligi hozirgi kunda hammaga oydek ma’lum bo‘lib qoldi.  Shuning uchun ham fursatni qo‘ldan boy bermasdan turib, tezlik bilan yoshlarimizga ta’lim bilan birga axloq odob, tarbiyani ham uyg‘unlashtirib  singdirib  borish kerak. Zotan ta’lim insonning  savodxonligini belgilab bersa, tarbiya uning insoniyligini ifoda etadi. Bizning yoshlarimizda esa ularning har ikkisi ham  mujassam bo‘lishi kerak.

 

Is'hoqjon domla BЕGMATOV

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Masjidlar bo‘limi xodimi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Umar uning foydasiga hukm chiqardi

23.12.2024   1114   2 min.
Umar uning foydasiga hukm chiqardi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Imom Molik Sa’id ibn Musayyibdan rivoyat qiladi:

«Bir musulmon va bir yahudiy xusumatlashib, Umar roziyallohu anhuning huzuriga kelishdi. Yahudiy haq bo‘lib chiqdi. Umar uning foydasiga hukm chiqardi. Shunda yahudiy unga:

«Allohga qasamki, haq ila hukm chiqarding», dedi.

«Sen qayerdan bilding?» dedi Umar, uni darra ila urib.

«Biz Tavrotda: «Qaysi qozi haq ila hukm chiqarsa, albatta, o‘ng tomonida bitta, chap tomonida bitta farishta uni quvvatlab turadi. Modomiki, u haqda ekan, ishini to‘g‘rilab ham turadilar. Qachon haqni tark qilsa, ular ham uni tark qilib, ko‘tariladilar», deyilganligini topamiz», dedi».

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ilohiy adolat ummonidan suv ichgan adolatlarini ko‘rgandan keyin, undan bahramand bo‘lgandan keyin yahudiy ham erib ketib, musulmonlar xalifasini alqashga o‘tgan. U yahudiylarning boshqalardan berkitib yuradigan kitoblari, ya’ni Tavrotdagi haqiqatni Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning hukmida ko‘rganligini e’tirof etgan.

Ha, hazrati Umar roziyallohu anhuning Islom jamiyati rahbari sifatida olib borgan ishlariga butun dunyo qoyil qolgan va haligacha qoyil qolib kelmoqda.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bunga o‘xshash adolatli ishlarni tashviqot uchun qilmas edilar. Balki buni vazifa, Alloh taolo oldidagi burch, deb his etganlaridan qilar edilar. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, har bir odam u kishi uchun Alloh taolo nozil qilgan shariat hukmi oldida barobar edi. Musulmonmi, zimmiymi yoki bosh­qami, hazrati Umar uchun baribir edi. Haq kim tarafda bo‘lsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi

Maqolalar