Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan Qur’on musobaqasida g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi.
Qur’on musobaqasining hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari quyidagilar.
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Karimboyeva Aynura
2. Sadikova Hamida
26-40 yosh
1. Usmonova Nigoraxon
2. Aminova Zevar
3. Shapiyeva Qizlargul
Hududiy bosqichning g‘oliblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylar tomonidan tashkil etilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ushbu tamoyil asosida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlanadi
MUNOSABAT
Yurtimizda diniy sohada davlat siyosatining takomillashuvi, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi kafolatlanishi va diniy sohaga oid masalalarning huquqiy asosda hal etilishi borasida tub burilish yuz bermoqda. Bu borada ilgari surilgan konseptual yondashuvlar nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining shu yil 21 apreldagi "Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ushbu yo‘nalishdagi islohotlar uchun muhim hujjatdir. Zero, u orqali davlat-din munosabatlari ochiqligi, shaffofligi, diniy tashkilotlarning huquqiy maqomini mustahkamlash, shuningdek, diniy-ma’rifiy faoliyatni ilmiylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Farmon nafaqat diniy sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddilar, balki keng jamoatchilik, ilmiy doiralar, xalqaro ekspertlar tomonidan ham ijobiy baholanmoqda. Chunki u O‘zbekistonning inson huquqlari, xususan, vijdon erkinligi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni amalda ro‘yobga chiqarishga intilayotganini yaqqol namoyon etdi.
Ilhomjon Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori, tarix fanlari doktori
Manba: "Yangi O‘zbekiston" gazetasi 2025 yil 26 aprel, 85-son