Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2025   |   19 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:30
Peshin
12:33
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:50
Bismillah
13 Avgust, 2025, 19 Safar, 1447

Oqibat – xalqimizga xos ezgu fazilat

24.01.2018   5226   1 min.
Oqibat – xalqimizga xos ezgu fazilat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Afv etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag‘riga qaytarildi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoni berildi.
Avf etilgan fuqarolar va ichki ishlar idoralarining maxsus ro‘yxatida turgan shaxslar bilan ishlash tizimi yaratilib, ular turli jamoat tadbirlariga jalb etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri 2018 yil 21 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimligi va bosh imom-xatibi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Adashib turli oqimlarga kirib qolgan, bugungi kunda ro‘yxatdan o‘chirilgan 23 nafar mirobodlik fuqarolar uchun tuman bosh imomi O.Xolmurodov taklifiga ko‘ra va tuman hokimining buyrug‘iga asosan Samarqand shahriga ziyorat sayohati uyushtirildi.
Tuman hokimiyati tomonidan ziyoratchilar uchun maxsus avtobus tashkillashtirilib, tushlik, borish-kelish xarajatlari hokimiyat tomonidan qoplandi.
Ziyoratchilar Imom Al-Buxoriy majmuasi, Shohi Zinda, Go‘ri Amir va Doniyor payg‘ambar ziyoratgohlarida bo‘lishdi. Safarda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari va imom-xatib noiblari ham ishtirok etishdi.


O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Gunohlarning eng kattasi

13.08.2025   517   1 min.
Gunohlarning eng kattasi

حدثنا أبو مسلم البصري  حدثنا الرمادي نا سفيان بن عيينة نا الزهري أخبرني عامر بن سعد عن أبيه أن النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم قال: أعظم المسلمين في المسلمين جرما: من سأل عن أمر لم يحرم فحرم على الناس من أجل مسألته.

Omir ibn Sa’d otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: Musulmonlarning gunohi eng kattasiharom qilinmagan ish haqida so‘rayverib, uning harom qilinishiga sabab bo‘lgan kishidir”, dedilar”.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi