Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2026   |   2 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:23
Quyosh
04:58
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2026, 2 Safar, 1448

Har tongda jasmin guli

19.01.2024   1665   1 min.
Har tongda jasmin guli

Hovlimizda uncha katta bo'lmagan gulzorimiz bor edi. Kichik gulzor bo'lishiga qaramay unda juda go'p gullar va daraxtlar o'sardi. Gullarning ichida eng yaxshi ko'radiganim jasmin guli edi. Marhum otam har kuni bomdod namozidan qaytishlarida bir dasta jasmin gulidan olib yostig'im oldiga qo'yib qo'yardilar. Ertalab jasmin ifori bilan uyqudan turish ajoyib edi.

Alloh rahmatiga olgan bo'lsin, otajonim bir necha yillar davomida xonamdan jasmin gulini aritmadilar. Otamning menga bo'lgan g'amxo'rliklari va mehru muhabbatlari jasmin guli timsolida gavdalanardi. E'tibor nishonasi bo'lgan mana shu jasmin guli meni makkor yigitlarning tuzog'iga linib qolishimdan asragan bo'lsa ne ajab. Men otasi mehr bergan qizlar ko'chada yigitlar bilan gaplashib ketmasligini, iffatini saqlashini o'z hayotimda yashab ko'rganimdan Allohga hamd aytaman.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining
"Farzand tarbiyasida 700 ta saboq" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda Mir Arab madrasasida bo‘ldi

13.07.2026   17111   1 min.
Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda Mir Arab madrasasida bo‘ldi

#xabar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi #buxoro


Shu yil 11 iyul kuni Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida mehmon o‘zlari tahsil olgan qutlug‘ ilm dargohida yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda keyingi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ustozlar bilan samimiy muloqot qilib, talaba yillariga oid iliq xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.


Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda 1968–1973 yillarda Mir Arab madrasasida tahsil olgan bo‘lib, keyinchalik Toshkent Islom institutini tamomlagan. 1979 yildan buyon Kavkaz musulmonlari idorasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, u xalqaro diniy tashkilotlar va maslahat kengashlarining faol a’zolaridan biri hisoblanadi.


Tashrif chog‘ida Shayxulislom O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ta’lim muassasalarini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.


U kishi bu yurtda ustozlaridan nafaqat diniy ilm, balki hayot saboqlarini ham olganini alohida ta’kidlab, Mir Arab madrasasi va boshqa muqaddas maskanlarda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari davlatning din va milliy merosga bo‘lgan yuksak e’tiborining amaliy ifodasi ekanini qayd etdi.


Tashrif yakunida Mir Arab madrasasi jamoasi mehmonga samimiy tashakkur izhor qilib, mazkur uchrashuv ustozlar va talabalar uchun unutilmas ma’naviy-ma’rifiy muloqot bo‘lganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda Mir Arab madrasasida bo‘ldi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda Mir Arab madrasasida bo‘ldi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda Mir Arab madrasasida bo‘ldi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda Mir Arab madrasasida bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari