Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bugun, 24 yanvar kuni Qur’on musobaqasining tuman-shahar bosqichlari boshlanadi. Ushbu bosqichlar Xorazm viloyatida ikkita hududda, ya’ni 24 yanvar kuni Urganch shahridagi “Ko‘zli ota” jome masjidi va 25 yanvar kuni Urganch tumanidagi “Shahobiddin bobo” jome masjidida bo‘lib o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidida Qur’on musobaqasining hududiy bosqichiga bugun oq fotiha beriladi.
Qur’on musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi saralash bosqichini “muslim.uz” sayti va “Facebook.com” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida onlayn kuzatishingiz mumkin.
Bizning muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida
Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.
U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.
“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan