Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Bir daqiqa...

23.01.2018   5281   3 min.
Bir daqiqa...

Bir daqiqa ichida «Subhonallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» kalimasini 18 marta aytish mumkin. Abu Hurayra (roziyallohu  anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Subhonallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar”, deyishim men uchun quyosh chiqib, nur sochganidan yaxshiroqdir, dedilar» (Imom Muslim rivoyati). Bu oxiratda tarozini bosadigan Alloh suygan kalimalardandir.

Bir daqiqada «Subhonallohi va bihamdihi»ni 100 marta aytish mumkin.  Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda buni aytgan kishining gunohlari dengiz ko‘pigichalik bo‘lsa-da, kechirib yuborilishi aytiladi.

Bir daqiqada «La havla va la quvvata illa billah»ni 40 martadan ko‘proq aytish mumkin. Abu Muso Ash’ariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh  (sollallohu alayhi va sallam) menga:
Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi? – dedilar. Men:
 Ha, ayting, Yo Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)! – dedim. Shunda u zot: (Sen) “La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat xazinalaridandir, – dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh  (sollallohu alayhi va sallam): “Zikrlarning afzali “La ilaha illalloh”dir, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati). Bir daqiqada bu kalimani 50 martagacha aytish mumkin.

Bir daqiqada «Subhonallohi va bihamdihi ’adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata arshihi va midada kalimatihi»ni 15 martadan ko‘proq aytish mumkin.

Juvayriya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ertalab subh namozi paytida uning huzuridan chiqib ketdilar. U namoz o‘qiydigan xonasida edi. So‘ngra zuho namozini o‘qib bo‘lib qaytib kelsalar, Juvayriya (roziyallohu anho) hali ham o‘tirgan edi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Chiqib ketganimdan beri shu holatda o‘tiribsanmi?” deb so‘radilar. Onamiz (roziyallohu anho): “Ha”, deya javob berdi. Rasululloh  (sollallohu alayhi va sallam): «Men sendan keyin to‘rtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida o‘lchansa, sen bugun aytgan narsalardan og‘ir keladi. Ular: "Subhonallohi va bihamdihi ’adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ’arshihi va midada kalimatihi", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).

Bir daqiqada 50 marotabaga yaqin salavot aytish mumkin. Har bir salavot keltirishda 500 savob mavjud. Ko‘p salavot aytish orqali Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning shafoatlariga noil bo‘lish mumkin. Imom Ahmad ibn Hanbal va Imom ibn Mojalar rivoyat qilgan hadisda Omir ibn Robi’aning otalari quyidagilarni aytadilar:

«Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam)ning: Kim menga salavot aytsa, farishtalar unga ham menga ayt­gan salavotining barobarida salavot aytib turadilar. Banda salavotni xohlasa, oz ayt­sin, xohlasa ko‘p”, deganlarini eshitdim».

Boshqa bir hadisda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta salavot aytadi va o‘nta xatosini o‘chiradi”, dedilar».

Bir daqiqa ichida «Astag‘firulloh»ni 100 martadan ortiq aytsa bo‘ladi.
Umrimizning har bir daqiqasi qadrli. Daqiqalarnigina emas, soniyalarni ham o‘z foydamizga hal etishning juda oson yo‘li chin ixlosdadir.  

 

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   6669   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi
O'zbekiston yangiliklari