Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

“Bizning masjidlarimiz – bizning kelajagimiz”

23.01.2018   3381   1 min.
“Bizning masjidlarimiz – bizning kelajagimiz”

Kuni kecha Buyuk Britaniyadagi masjidlar rahbarlari  XXI asr Britaniyasida masjidlarning o‘rniga bag‘ishlangan yirik anjumanda ishtirok etishdi. 

“Emsibi” axborot portalida tadbirni Buyuk Britaniya musulmonlar kengashi mamlakatdagi masjidlar faoliyatini yaxshilash maqsadida uyushtirgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz: “Tumanli albion” nomini olgan ushbu yurtda uch milliondan ortiq  musulmon aholisiga bir yarim mingdan ziyod masjid xizmat ko‘rsatadi.

“Bizning masjidlarimiz – bizning kelajagimiz” shiori ostida o‘tkazilgan anjumanda 450dan ortiq ishtirokchilar zamonaviy masjidlarning imkoniyatlari va muammolarini o‘rganib chiqdilar.

Bundan tashqari, “Eng yaxshi masjidlar, jamoaviy tavsiyalar” deb nomlangan dastur tatbiq qilinib, unda masjidlar qanday qilib o‘z xizmatlarini kengaytirishi masalasi ko‘rildi.   

Anjumanda islomofobiyani (islomdan asossiz qo‘rqish) bartaraf etish, xayriya ishlari, turli mavzularda seminarlar tashkil qilish va OAV bilan muntazam aloqada bo‘lish masalalari muxokama qilindi. Britaniya musulmonlar kengashi Bosh kotibi Xorun quyidagi fikrni bildirdi: “Bugungi kunda Qirollikdagi ko‘plab masjidlar jamoatchilikka turli xizmatlarni taklif qilmoqda. Biz ana shu tajribalarni o‘rtoqlashib boshqa masjidlarning ham shunday faoliyat olib borishga turtki bo‘lishimiz kerak”.

 

Alisher Sattorov tayyorladi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir murojaat e’tibor markazida

15.01.2025   166   1 min.
Har bir murojaat e’tibor markazida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan aholi bilan samimiy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol. 
 

Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi.


Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, oilaviy masalalar, haj, ish, diniy ta’lim hamda moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.


Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida Har bir murojaat e’tibor markazida
O'zbekiston yangiliklari