Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Aprel, 2025   |   2 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:53
Quyosh
05:22
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
30 Aprel, 2025, 2 Zulqa`da, 1446

Qur’oni karimning muborak ismlari

22.01.2018   8297   1 min.
Qur’oni karimning muborak ismlari

Quron. Qur’on karimda eng ko‘p zikr etilgan, insonlar tilida ham eng ko‘p talaffuz qilinadigan va uning boshqa ismlariga nisbatan eng mashhur nomi sifatida Qur’on ishlatiladi. Qur’on lafzi o‘ttiz ikki suraning ellik oltita oyatida kelgan. Jumladan, Yusuf surasining 2-oyatida Alloh taolo o‘zining kalomi Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi:

Furqon. Al-Furqon “farq” so‘zidan olingan bo‘lib, haq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni, halol bilan haromni ajratib beruvchi kitob, deganidir. Alloh taolo o‘zi nozil qilgan barcha kitoblarini “Furqon”, deb ataydi. Qaysi bir kitobda furqonlik xususiyati bo‘lmasa, uning ilohiy mohiyatiga putur yetgan, inson tarafidan o‘zgartirilgan yoki yozilgan oddiy kitob bo‘lib qoladi.

Qur’oni karimda Baqara surasining 185-oyatida, Oli Imron surasining 3-oyatida hamda Furqon surasinig 1-oyatida Qur’onning Furqon nomi zikr etiladi.

Burhon. Bu so‘z hujjat, dalil va isbot degan ma’nolarni anglatadi. Allohning birligi, kalomining har bir so‘zi va jumlasi mo‘jiza, uning ilohiy kalom ekanligining isbotidir. Shuningdek, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning o‘zlariga buyurilgan payg‘ambarlik vazifani to‘la ado etganliklarini hamda Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)dan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning haq payg‘ambar ekanliklarini tasdiqlovchi hujjatdir.

Ushbu burhon Islom ikki dunyo saodatiga eltuvchi din ekanligining burhonidir. Alloh O‘z bandalariga rahim etib, ularga ikki dunyo baxtiga erishish dasturi qilib nozil etgan bu Qur’on aniq nurdir

O‘MI Matbuot xizmati

 

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar

Imom Moturidiyga qanday unvonlar berilgan?

28.04.2025   6481   1 min.
Imom Moturidiyga qanday unvonlar berilgan?

Ilgari musulmonlar ayrim ulamolarni ulug‘lab, “Shayxul Islom” (Islom dini shayxi), “Faxrul Islom” (Islom dini faxri), “Hujjatul Islom” (Islom dini hujjati), “Najmul ulamo” (Ulamolar yulduzi), “Muftiy saqolayn” (Insu-jin muftiysi), “Lisonul mutakallimiyn” (Mutakallimlarning so‘zlovchi tili) kabi unvonlar bilan ataganlar. Bunday atash aslo mubolag‘a bo‘lmagan. Balki u muhtaram ulamolar haqiqatdan ushbu unvonlarga loyiq bo‘lganlar. Masalan, “Shamsul aimma” (Imomlar quyoshi) unvoni berilgan Saraxsiy rahmatullohi alayh o‘n ikki ming risolani yod olgani naql qilingan.

Abu Mansur Moturidiyni yaqindan tanigan ulamolar va shogirdlari tomonidan u zotning martabalarini namoyon etuvchi ko‘plab unvonlar berilgan:  

–      Imomul hudo (To‘g‘ri yo‘lga boshlovchi);

  • Imomul mutakallimiyn (Kalom ilmi olimlari peshvosi);
  • Musahhihu aqoidil muslimiyn (Musulmonlarning aqidalaridan xatolarni tuzatuvchi);
  • Roisu ahli sunna val jamoa (Ahli sunna val jamoa boshlig‘i);
  • Nosirus sunna va qomi’ul bid’a (Sunnatni himoya qiluvchi va bid’atlarni bostiruvchi);

–  Muvattidu aqoidi ahlis sunna (Ahli sunna aqidalari asoschisi).

Abu Mansur Moturidiyning mazkur unvonlari ham aslo mubolag‘a emas, balki u zot haqiqatan shu martabaga loyiq zot bo‘lganlar.

Ulamolar aytadilarki, Hujjatul Islom (Islom dini hujjati) deyilganda faqat Imom G‘azoliy tushunilganidek, Imomul hudo (to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi) deyilganda ham faqat Imom Moturidiy tushuniladi.   

Abdulqodir Abdur Rahim,
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti
katta o‘qituvchisi.