Kecha, 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan fojiadan O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta qayg‘uda. Ushbu voqea yuzasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdilar.
Shuningdek, ulamolar va imom-domlalar tomonidan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirish, masjid-madrasalarimizda xatmi Qur’onlar o‘qib, ruhi poklariga baxshida qilish va yaqinlariga tasalli berish kabi savobli ishlar boshlandi.
Ushbu voqea munosabati bilan bugungi juma namozida respublikamizning barcha masjidlarida halok bo‘lganlarning haqqiga tilovati Qur’on qilinib, duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
حدثنا أبو قلابة عبد الملك بن محمد حدثنا عبد الصمد بن عبد الوارث نا شعبة عن عبد الملك بن عمير عن مصعب بن سعد عن أبيه عن النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم أنه كان يقول: ”اللهم إني أعوذ بك من الجبن والبخل وفتنة المحيا وفتنة الممات وفتنة المسيح الدجال“
Mus’ab ibn Sa’d otasidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Allohim Sendan qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, hayot va o‘lim fitnasidan, Masih Dajjolning fitnasidan panoh so‘rayman”, der edilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi