Kecha, 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan, ko‘plab o‘zbekistonliklar o‘limiga olib kelgan fojia munosabati bilan halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirilmoqda. Ushbu sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida tashkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlarida kuni kecha, 18 yanvar kuni Qur’on tilovatlari qilinib, marhumlarning haqqiga bag‘ishlandi. Bunday savobli ishlar shu kunlarda ham davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".