Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Dekabr, 2024   |   23 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
24 Dekabr, 2024, 23 Jumadul soni, 1446

Qur’on musobaqasi OAV nigohida

18.01.2018   5079   3 min.
Qur’on musobaqasi OAV nigohida

O‘zbekistonda boshlangan Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar, musobaqaning borishi haqida ma’lumotlar dunyoning turli mintaqalaridagi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. 

Eronning “parstoday.com” internet nashri Qur’on musobaqasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari va Toshkent islom universiteti talabalaridan tashqari, masjidlardagi imom-xatiblar, imom noiblari hamda Qur’oni karim qiroati bo‘yicha iqtidori bo‘lgan 18-40 yoshdagi barcha erkagu ayol fuqarolar ishtirok etishlari mumkinligi haqida yozadi. 

Sputniknews-uz.com” nashrining o‘zbek va rus xizmatlari Qur’on musobaqasida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatlardagi vakilliklariga murojaat qilishlari tavsiya etilishi, musobaqaning borishi haqida ma’lumotlar berib o‘tgan. 

Shuningdek, islam-today.ru , regnum.ru , interfax-religion.ru , ozodlik.org singari xorijiy OAVlarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Qur’on musobaqasi haqida maqolalar rus va ingliz tillarida berilgan. 

O‘zbek tilidagi elektron OAVlarda ham Qur’on musobaqasi to‘g‘risida qator maqola va xabarlar e’lon qilingan. 

kun.uz

“Ma’rifatli” jome masjidida musobaqaning ochilish marosimiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu vaqtga qadar  musobaqada qatnashishga jur’at qilgan, ya’ni o‘zining bilimiga, quvvai hofizasiga ishongan 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan qori va qoriyalar soni salkam to‘rt mingga yaqin ekan. 

daryo.uz

O‘zbekistonda boshlangan Qur’oni karim musobaqasi ko‘tarinki ruh, xursandchilik bilan qarshi olindi. 

azon.uz

Qorilar va qoriyalarning viloyatlar bo‘yicha hisobining e’lon qilinganini ko‘rgan kishi ularning soni turli viloyatda turlicha ekaniga guvoh bo‘ladi. Aslida bu ham bir sinov. Zamonaviy iborada aytilganda monitoringdir. 

quran.uz

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasida ham ushbu manfaatlar bo‘y ko‘rsatdi desak, xato bo‘lmasa kerak. Shukrlar bo‘lsinki, bu qutlug‘ tadbir har yili takrorlanadigan an’anaga aylanib urgurdi. Buning natijasi o‘laroq, qorilarimizning bilim va tajribalari ortib bormoqda va xalqning Qur’oni Karimga bo‘lgan ma’rifati, qiziqishi yuksalmoqda. 

asr.uz

O‘zbekistonda Qur’on musobaqasi o‘tkazilishi va uning borishi haqida ma’lumotlar xabar shaklida keltirib o‘tilgan. 

protoday.uz

Qur’on musobaqasining ilk bosqichi uchun Jizzax viloyati Zomin tumani «Ma’rifatli» jome masjidida Qur’on musobaqasi boshlandi 

darakchi.uz

Ulamolar, imom-xatiblar, qori va qoriyalarimiz bunday tarixiy voqeaning ishtirokchisi bo‘layotganlaridan juda ham cheksiz mamnun.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yoshligimni saqlab qoldim

23.12.2024   8649   1 min.
Yoshligimni saqlab qoldim

Doktor Muhammad Rotib Nobulsiy aytadilar: “Damashqlik ustozim 97 yoshda bo‘lsalarda, tetik, hatto tishlari ham soppa-sog‘, ko‘zlari ravshan edi. Qiziqib buning sababini so‘raganimizda: “Yoshligimizda a’zolarimizni gunohlardan asragandik, qariganimizda Alloh taolo ularning xizmatidan bizni mahrum etmadi”, deb javob berdilar”.

 

Alloma Tabariy rahimahulloh 70 yoshida ham kemadan quruqlikka sakrab tushardilar. Yoshlar taajjublanib: “Buncha kuch-quvvat qayerdan?” deb so‘rashganda, u zot: “Biz a’zolarimzni yoshligimizda gunohlardan saqlagan edik, qariganimizda esa Alloh taolo ularni biz uchun saqlab qoldi”, dedilar.

 

Tobe’in Hasan Basriy rahmatullohi alayh yoshlari 90 dan oshgan bo‘lsada dalada ishlardilar. Buni ko‘rgan odamlar: “Yoshligingni qanday saqlab qolding?” deb so‘rashdi. Hasan Basriy rahimahulloh: “Men yoshligimni saqlab qoldim, Alloh esa keksaligimni saqlab qoldi”, dedilar.

 

“Yoshligini saqladi” degan iboradan maqsad – zinodan uzoq bo‘lish tushuniladi. Chunki zino umrni qisqartiradi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ko‘zning zinosi – (nomahramga) qarashdir”, deganlar. Boshqa bir rivoyatda “Ko‘z ham zino qiladi. Ko‘zning zinosi (nomahramga) qarashdir”, deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD