Qur’on musobaqasi Sirdaryoda davom etadi
Bugun, 17 yanvar kuni Qur’on musobaqasining hududiy bosqichi Sirdaryo viloyatida davom etadi. Guliston shahridagi “Osiyo” koshonasida davom etayotgan musobaqa o‘zining eng yuqori bosqichiga ko‘tarilmoqda. Ushbu hududdagi xushxon hofizi kalomullohlar, yoqimli qiroatlari bilan bugun chiqishlarini davom ettirishadi. Yakunda hududiy bosqichning mutlaq g‘oliblari e’lon qilinadi va ularga tantanali ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasining diplomi va qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting, ushbu viloyatdagi hududiy bosqich jarayonlari bir soatdan keyin onlayn yoritib boriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.
So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.