Bugun, 16 yanvar kuni Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlari Jizzax viloyatida davom etadi. Sirdaryo viloyatida esa musobaqaning dastlabki hududiy bosqichiga oq fotiha beriladi.
Jizzax viloyatidagi musobaqaning hududiy bosqichi Jizzax shahridagi musiqali drama teatrida davom etmoqda. Sirdaryo viloyatida esa musobaqaning dastlabki hududiy bosqichi Guliston shahridagi “Osiyo” koshonasida boshlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting, ushbu ikki viloyatdagi hududiy bosqich jarayonlarini jonli xabarlarda yoritib boramiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
Mavsum boshidan shu choqqacha 83 ming 274 ta tadbir o‘tkazildi. Ularda 508 478 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi.
Oilaviy sharoit va tushunchalaridan kelib chiqib, ular bilan tinchlik qadri va shukronalik, yoshlar tarbiyasi, illatlarga barham berish, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.
Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berildi. 11 mingdan ziyod hojilar ishtirok etayotgan tadbirlar natijasida jamiyatdagi ma’naviy muhit yanada yaxshilanmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati