Ayni vaqtlarda Qur’on musobaqasini boshlash uchun barcha tayyorgarlik ishlari oxiriga yetkazilmoqda. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi muhtasham “Ma’rifatli” jome masjidi musobaqa uchun tayyor holga keltirildi. Ulamolar, imom-xatiblar, qori va qoriyalarimiz bunday tarixiy voqeaning ishtirokchisi bo‘layotganlaridan juda ham cheksiz mamnun.
Bir necha daqiqalardan keyin barchamiz intiqib kutgan onlar boshlanadi.
Bizni jonli tarzda kuzatishda davom eting.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati